Foto: AFP
“Tolibon” opium yetishtirishni taqiqlaganidan so‘ng, butun mamlakat bo‘ylab fermerlarga 100 ming tonnaga yaqin bug‘doy va makkajo‘xori urug‘lari, shuningdek, 200 ming tonna kimyoviy o‘g‘it tarqatdi. Bu haqda Afg‘oniston Qishloq, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi xabar berdi.
“Dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun urug‘ va o‘g‘itlar milliy hamda xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda respublika bo‘ylab tarqatildi”, dedi vazirlik matbuot kotibi Misbahouddin Mustain.
Unga ko‘ra, joriy yil oxirigacha fermerlar yana 53 ming tonna urug‘ oladi. Bugungi kunda makkajo‘xori va bug‘doy yetishtirish fermerlarga ko‘knori ekishdan oladigan daromadni keltirmayapti. Shu sababli, ular qishloq xo‘jaligi vazirligidan opium o‘rniga donli ekinlardan ko‘ra daromadliroq ekin berish imkoniyatini so‘ramoqda.
“Tolibon” 2023 yil Hilmand viloyatida opium o‘rniga ekish uchun muqobil variant sifatida xurmo palmasini aytgandi. Birinchi hosilni 19 oydan keyin yig‘ib olish mumkin, bundan tashqari, palma daraxti bug‘doyga qaraganda kamroq suv iste’mol qiladi. Hilmandning quruq iqlimi bunga mos kelishi ta’kidlangan. “Tolibon” o‘shanda yangi hosilga 100 gektar yer ajratilishini aytgandi.
Tolibon, Opium o‘rniga, Fermerlar, Bug‘doy, Makkajo‘xori urug‘i “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi