
Foto: Getty Images
Nikaragua Isroil bilan diplomatik aloqalarini uzganini e'lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Mamlakat rasmiylari bunga sabab sifatida Isroil armiyasining Falastin hududidagi harbiy harakatlarini keltirmoqda. Nikaragua Milliy assambleyasi hukumatdan Gʻazodagi urushining bir yilligini uchun chora koʻrishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qilgan.
Parlament Isroil hukumatini tanqid qiluvchi bayonot e'lon qilgan. Unda Nikaragua assambleyasi Isroilni “insoniyat dushmani”, uning harakatlarini esa “jinoyat” deb atagan. Bayonotda mojaroning mintaqaning boshqa mamlakatlariga, jumladan, Livan, Suriya, Yaman va Eronga ham yoyilgani ta'kidlangan.
2023 yilning noyabr oyida Boliviya ham Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e'lon qilgandi. Qoʻshni Kolumbiya va Chili esa oʻz elchilarini Isroildan maslahatlashish uchun chaqirib olgan. Oʻshanda Isroil Tashqi ishlar vazirligi Boliviyaning bu qarorini terrorizm oldida taslim boʻlish, deb baholagandi. Turkiya esa yahudiy davlati bilan savdo aloqalarini toʻxtatgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar