Foto: Reuters
Reuters xabariga ko‘ra, isroillik harbiylar amalda anklav shimolidagi Bayt-Xanun, Jabaliya va Bayt-Lahiyani G‘azo shahridan ihotalagan, hududlar orasidagi qatnovlar to‘xtatilgan. Faqat Isroilning evakuatsiya bo‘yicha buyrug‘iga bo‘ysunib, ushbu shaharlarni tark etishga tayyor bo‘lganlarga istisno qilinadi.
Isroil G‘azo shimolida keng ko‘lamli amaliyotni qaytadan boshlaganidan to‘qqiz kun o‘tib, G‘azo hukumati matbuot xizmati Isroil zarbalaridan 300 ga yaqin falastinlik halok bo‘lganini ma’lum qildi. Hamas Isroil fuqarolik obyektlari va boshpanalarni aholini G‘azoni butunlay tark etishga majbur qilish maqsadida bombardimon qilayotganini aytadi. Isroil esa buni rad etadi.
G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, anklavning shimoliy hududlari bo‘ylab zarbalar oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘lgan, shuningdek, shifoxonaga olib ketish chog‘ida va tibbiyot xodimlari yetib bora olmagani tufayli xarobalar ostida ham ko‘plab yaradorlar jon bergan.
G‘azoning 2,3 milliondan ortiq aholisining yarmidan ortig‘i yashaydigan shimoliy qismi Isroilning bir yil oldin boshlangan yurishi natijasida amalda xarobaga aylangandi.
Isroilning 42 ming falastinlik o‘limiga olib kelgan amaliyotining bir yilidan keyin yuz minglab kishilar shimolga qaytishgandi. Bir hafta muqaddam Isroil Hamas jangchilarini yo‘q qilish uchun yana mazkur hududga qo‘shin yubordi, isroilliklar fikricha, falastinliklar yangi hujumlar uchun qayta guruhlangan. Hamas o‘z a’zolari tinch aholi vakillari orasida harakatlanayotganini rad etadi.
G‘azo shimolidagi eskalatsiya SAHAL Livan janubida «Hizbolloh»ga qarshi boshlagan keng ko‘lamli havo va quruqlik amaliyotlari bilan bir vaqtda yuzaga keldi.
Isroilning G‘azodagi amaliyotining asosiy yo‘nalishi anklavning shimoliy qismiga qaratilgan bo‘lsa-da, isroillik harbiylar sektorning boshqa hududlari bo‘ylab ham zarbalar bermoqda. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, yakshanba kuni tongida isroilliklar zarbasi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan, shundan olti nafari G‘azo shahridan janubda, sektor markaziy qismidagi «Bureyj» qochqinlar lageriga yo‘llangan zarba oqibatida.
Isroillik harbiylar yakshanba kuni G‘azo sektori bo‘ylab harakatlanayotgan kuchlari so‘nggi 24 soat mobaynida 40 ga yaqin nishonga zarba yo‘llab, o‘nlab jangarilarni o‘ldirgani haqida bayonot bergan.
«162-diviziya kuchlari Jabaliya hududida harakatlanishda davom etmoqda, so‘nggi bir kun davomida o‘nlab terrorchilar o‘ldirildi va hududda portlovchi qurilmalar, qurollar, granatalar va boshqa urush olib borish vositalari topildi», — deyilgan SAHAL bayonotida.
Hamasning qurollangan bo‘linmalari, «Islom jihodi» va boshqa kichik guruhlar o‘z jangchilari Jabaliyada va atrofdagi hududlarda Isroil qo‘shinlariga tanklarga qarshi raketalar hamda minomyot zarbalari bilan hujumlar uyushtirgani haqida xabar qilgan.
Falastinlik mulozimlar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari G‘azoda xavfsiz joy qolmaganini aytib kelishadi. Ular shuningdek G‘azo shimolida oziq-ovqat, yonilg‘i hamda dori-darmonlarning o‘tkir taqchilligi boshlanishi, bu yerda ochlik xavfi mavjudligidan xavotir bildirishadi.
Isroil, G‘azo sektori, Harbiy harakatlar, Davom ettirmoqda “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"