07:30 / 14.10.2024
23

NASA Yupiter tabiiy yo‘ldoshiga uchiriladigan missiyasini tayyorlamoqda

NASA Yupiter tabiiy yo‘ldoshiga uchiriladigan missiyasini tayyorlamoqda
Foto: NASA
NASA'ning Europa Clipper kosmik apparati Yupiterning tabiiy yo‘ldoshi Yevropani tadqiq etish uchun parvozga tayyor.

NASA saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, kosmik apparat Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchiriladi. Uni kosmosga chiqarishda SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan Falcon Heavy tashuvchi raketasidan foydalanish rejalashtirilgan. Missiya qiymati — 5,2 milliard dollar.

«Bu milliardlab yillar oldin yashash uchun yaroqli bo‘lgan emas, balki hayot uchun hozir — ayni vaqtda yaroqli olamni o‘rganish imkoniyati», — deydi dasturning ilmiy xodimi Kurt Nibur.

Katta quyosh panellari tufayli Clipper NASA tomonidan boshqa bir sayyorani tadqiq etish uchun qurilgan eng yirik apparatga aylanadi. U Yupiterga 5,5 yilda yetib boradi va Yevropa yuzasidan 25 kilometr uzoqlikdan o‘tadi — bu boshqa har qanday kosmik apparatdan sezilarli darajada yaqin demak.

Yevropa — Galiley tomonidan 1610 yilda ochilgan Yupiterning 95 ta tabiiy yo‘ldoshidan biridir. Uning o‘lchami xuddi Oyniki kabi bo‘lib, tabiiy yo‘ldosh yuzasi 15-24 kilometr qalinlikdagi muz qatlam bilan qoplangan. Olimlarning hisoblashicha, muzlik ostida okean joylashgan bo‘lib, uning tubi 120 kilometrni tashkil etadi. «Xabbl» teleskopi sayyora yuzasida otilayotgan geyzerlarni payqagan.

Yupitergacha bo‘lgan aylanma masofa 3 milliard kilometrga teng. Kosmik apparat keyingi yilning boshida Mars yonidan uchib o‘tadi va 2030 yilda Yupiterga yetib boradi. Sayyora orbitasi bo‘ylab harakat davomida u Yevropa bilan 49 marotaba uchrashadi. Missiya 2034 yilda Ganimedga — Yupiter va Quyosh tizimidagi eng katta tabiiy yo‘ldoshga qulash orqali yakunlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA Yupiter tabiiy yo‘ldoshiga uchiriladigan missiyasini tayyorlamoqda