Foto: AFP
Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 12 oktyabr, shanba kuni «Hizbulloh» harakati tomonidan mamlakat bo‘ylab 320 ta raketa va snaryadlar uchirilganini qayd etdi, deb xabar berdi armiya matbuot xizmati.
«Hizbulloh» tomonidan ommaviy o‘qqa tutish yahudiylarning asosiy bayramlaridan biri Yom Kipur paytida sodir bo‘ldi. SAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, raketa va dronlarning aksariyati Isroil havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan tutib olingan, qolganlari esa ochiq joylarga qulagan.
Isroil OAV xabar berishicha, ikki isroillik shimoliy Akko shahri yaqinida yengil jarohatlar olgan. Tel-Aviv yaqinidagi Gersliya kurortida dron havo hujumidan mudofaa tizimini yengib o‘tdi va binolarga zarar yetkazdi. «SAHAL Isroil va uning xalqini «Hizbulloh» tashkiloti tahdididan himoya qilishda davom etadi», — deya ma’lum qildi SAHAL.
Shols: Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishda davom etadi
Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishda davom etadi, deya ma’lum qildi Olaf Shols. «Biz qurol yetkazib berdik va tez orada yangi yetkazib berishlar bo‘ladi», dedi Germaniya kansleri 10 oktyabr kuni Bundestagdagi debatda.
Shu tariqa, Shols muxolifatdagi konservativ Xristian-demokratik ittifoq (XDI) raisi Fridrix Mersning aybloviga javob qaytardi. Uning ta’kidlashicha, Germaniya hukumati Isroilga o‘q-dorilarni eksport qilish va bu mamlakatga tanklar uchun ehtiyot qismlarni yetkazishga ruxsat berishdan bosh tortgan.
Fridrix Merts, shuningdek, XDI bloki va Bavariya Xristian-sotsial ittifoqi (XSI)dan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod. Hozirda XDI/XSI Germaniyadagi eng mashhur siyosiy kuchdir. So‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, saylovchilarning 33 foizi uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Olaf Shols boshchiligidagi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP)ni o‘z ichiga olgan hukmron koalitsiyani 30 foiz qo‘llab-quvvatlagan. Bundestagga navbatdagi saylovlar 2025 yil 28 sentyabrga belgilangan.
Isroil, Raketa, Hizbulloh, Snaryadlar uchirdi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ro‘ziqul Burdiyev: "Chempionatda hech qanday maqsad qolmagan"