date
views 108

Rossiya aholisi mamlakatdagi migrantlar sonini juda koʻp deb hisoblamoqda

Rossiya aholisi mamlakatdagi migrantlar sonini juda koʻp deb hisoblamoqda
Foto: Global Look Press
Ishga qabul qilish boʻyicha onlayn hh.ru platformasi mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, rossiyaliklarning aksariyati oʻz hududida juda koʻp migrantlar yashaydi, deb hisoblamoqda. Bu haqda RBK yozdi.

Qayd qilinishicha, soʻrovda ishtirok etganlarning 80 foizi shunday fikrga ega. Yil davomida bu javobni berganlarning ulushi 21 foizga oshgan.

Koʻpincha, toʻrtta faoliyat sohasi boʻyicha ishtirokchilar shu tarzda javob bergan:
- transport va logistika – 92 foiz;
- avtobiznes – 91 foiz;
- xavfsizlik — 89 foiz;
- qurilish – 85 foiz.

Soʻrov 2024 yil sentyabr oyida oʻtkazilgan boʻlib, unda 3 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.

Soʻrov ishtirokchilarining 12 foizi mamlakatdagi mehnat migrantlari sonini etarli deb hisoblaydi. Yana 4 foizi ularning sonini koʻpaytirish tarafdori boʻlgan. Qoidaga koʻra, IT-mutaxassislari, shuningdek, marketing, chakana savdo, turizm, umumiy ovqatlanish va xomashyo qazib olish sohalari ishchilari shunday deb oʻylamoqda.

Migrantlar asosan sharoitlar mahalliy aholi uchun mos boʻlmagan ishlarga jalb qilinmoqda - bu 58 foiz ishtirokchining fikri. 59 foiz ishtirokchi ish beruvchilar mehnat migrantlarini ishlatishdan manfaatdor, deb hisoblamoqda. Yarmi migrantlarni yollash foydaliroq, chunki Rossiyada ularning huquqlarini himoya qilish qiyinroq, degan fikrda.

Soʻrov ishtirokchilarining deyarli uchdan ikki qismi (62 foizi) mehnat migratsiyasi Rossiya hududlari uchun zararli, deb hisoblaydi. Faqat 13 foizi bu holatda foyda haqida gapiradi. Bundan tashqari, 56 foizi migrantlar mahalliy aholi toʻldirishi mumkin boʻlgan ishlarni egallab olgan, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, rossiyaliklarning 39 foizi ularning oʻrnini egallashga tayyor, 28 foizi bunga tayyor emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya aholisi mamlakatdagi migrantlar sonini juda koʻp deb hisoblamoqda