08:00 / 15.10.2024
27

Zelenskiy shu hafta Oliy Radada Ukrainaning g‘alaba rejasini taqdim etadi

Zelenskiy shu hafta Oliy Radada Ukrainaning g‘alaba rejasini taqdim etadi
Foto: “RBC.ua”
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 16 oktyabr kuni Radadagi chiqishida g‘alaba rejasini omma oldida taqdim etadi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Sergey Leshenko Telegram kanalida ma’lum qilgan.

Zelenskiyning Radada chiqish qilishining asosiy sababi — bu g‘alaba rejasining ommaga taqdimoti”, deya aniqlik kiritdi Leshenko.

RBC-Ukrainaning Radadagi manbasi prezident chorshanba kuni ertalab bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Ukraina uchun g‘alaba rejasini taqdim etishi kerakligini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir necha oy avval g‘alaba rejasi tuzishini e’lon qilgan edi. Hujjatning to‘liq mazmuni hozircha ommaga oshkor etilmagan, biroq davlat rahbari uning alohida bandlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy shu hafta Oliy Radada Ukrainaning g‘alaba rejasini taqdim etadi