
Foto: Reuters
Isroil Eronga javob zarbasi berishda yadroviy yoki neft ob'ektlarini emas, balki harbiy ob'ektlarni nishonga oladi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Jo Baydenga ma'lum qildi.
Ikki etakchi oʻrtasida 9 oktyabr kuni telefon muloqoti boʻlib oʻtgan. Isroilning faqat Eron harbiy ob'ektlariga hujum qilish rejasi Vashingtonda “engillik” bilan kutib olingan.
Tahlilchilar xavotiriga koʻra, Eron neft ob'ektlariga hujum dunyoda energiya narxlarining koʻtarilishiga sabab boʻlishi, yadroviy ob'ektlarga zarba esa vaziyatni yanada keskinlashtirib, AQShni mojaroga tortishi mumkin edi. Bayden ilgari Isroilni “boshqa variantlarni oʻylash”ga chaqirgandi.
Netanyaxuning “bir muncha vazminroq pozitsiyasiga” AQSh ularga THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini yuborish toʻgʻrisidagi qarori koʻrsatgan boʻlishi mumkin.

Pentagon 13 oktyabr kuni Isroilda THAAD batareyasi joylashtirilishi haqida ma'lum qildi. Isroilning Eronga hujumi 5 noyabr kuni boʻlib oʻtadigan AQSh prezidentlik saylovlarigacha amalga oshirilishi mumkin.
"Agar Isroil oʻz hududining keng miqyosli oʻqqa tutilishiga javob bermasa, Tehronda buni “zaiflik belgisi” sifatida talqin qilishlari mumkin", deb yozadi The Washington Post.
Bundan tashqari, AQSh bilan maslahatlashuvlar davomida Isroil Livandagi harbiy operatsiyalarini “yaqin haftalar ichida” toʻxtatishini aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar