06:00 / 16.10.2024
40

NATO bosh kotibi: “Rossiya alyansni qo‘rqita olmaydi”

NATO bosh kotibi: “Rossiya alyansni qo‘rqita olmaydi”
Foto: Getty Images
NATO bosh kotibi Mark Ryuttega ko‘ra, Rossiya alyansni qo‘rqitishga qodir emas. U NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

2024 yil oktyabrida NATO boshqaruvini qo‘lga olgan Ryutte Kiyevning NATO bo‘yicha ittifoqchilari mojaroda “Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z maqsadlariga erishmasligi va Ukraina g‘alaba qozonishi” uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishini ma’lum qildi.

U, shuningdek, alyans uchun “Rossiya tahdidini qaytarishda to‘liq imkoniyatlar”ga ega bo‘lishi muhimligini qo‘shimcha qilgan.

Biz NATOmiz. Biz hujumkor emas, himoyaviy ittifoqmiz. Biz blokdan tashqari boshqa davlatning biror qismini egallab olishdan manfaatdor emasmiz”, dedi u.

Avvalroq Shimoliy Atlantika alyansi har biri taxminan 5 mingta harbiy xizmatchidan iborat qo‘shimcha 49 ta jangovar brigada tuzishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Qayd etilishicha, ularning umumiy sonini 131 ta brigadaga yetkazish rejalashtirilgan. Welt nashriga ko‘ra, NATO 2022 yildan beri Rossiyani bevosita tahdid sifatida baholab, Moskvadan kelayotgan xavfga qarshi turish uchun alyans harbiy qudratini oshirish kerakligini qo‘shimcha qilgan.

2021 yilda 82 ta jangovar brigada yetarli deb hisoblangan bo‘lsa-da, kelajakda ularning soni 131 ta bo‘lishi kerak”, deya qayd etilgan xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO bosh kotibi: “Rossiya alyansni qo‘rqita olmaydi”