Foto: AFP
Eron yadro qurolidan sezilarli darajada ustun bo‘lgan maxfiy qurollarga ega, deya Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) taraqqiyot va qurollanish komissiyasining sobiq kotibi, brigada generali Ibrohim Rostamiy xabar berdi.
Uning so‘zlari Eron parlamentariylarining Isroil tahdidini hisobga olib, mamlakatning yadroviy bo‘lmagan doktrinasini o‘zgartirish haqidagi so‘nggi talablari fonida e’lon qilindi.
Rostamiyning aniqlik kiritishicha, bunday qurollar haqidagi ma’lumotlar qat’iy maxfiy ma’lumotlardir.
IFP nashriga ko‘ra, “IIQK generali BAAning Fujayra portida neft tankerlari hujumga uchragan voqealarni tilga olib, o‘tmishdagi taktik operatsiyalarga ishora qilgan”.
“Ularni kim amalga oshirganini ochiqlamayman, ammo Fujayra portida beshta tanker portlab ketgandi. Ular zarba qayerdan kelganini ham bilishmagan”, deydi u.
Generalning qo‘shimcha qilishicha, BAA Eron ustidan BMTga shikoyat qilgan, ammo dalil keltira olmagan.
Parlament a’zolarining talablarini izohlar ekan, Eronning strategik masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Muhammad Javod Zarif mamlakat yadroviy doktrinasini o‘zgartirish masalasini uzoq vaqtdan beri muhokama qilayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha oy oldin qonunchilar Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga Eronning yadro quroliga ega bo‘lish huquqiga oid fatvoni o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilgan.
Eron 1 oktyabr kuni Isroilga hujum qilib, 200 ga yaqin raketa uchirgan edi, ularning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tushirilgan. Eron hujumni “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh va IIQK general mayori Abbos Nilforushanning o‘limiga javob deb atagan.
Avvalroq CNN nashri Isroil hukumati Eronning mazkur hujumiga javob choralari ko‘rish rejasini ishlab chiqishni yakunlaganini ma’lum qilgan edi. Nashr manbasi reja tafsilotlarini oshkor qilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”