Foto: Antoine Hart
Markaziy Florida universiteti (AQSH) olimlari qonni to‘xtatuvchi antikmikrobli gel yaratishdi. Tadqiqot haqidagi maqola Biomaterials Science (BioMatSci) jurnalida e’lon qilindi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, inson jarohat olganida har qanday sharoitda qonni bir zumda to‘xtatish uchun eng oddiy yechim qidirilgandi. Statistikaga ko‘ra, jarohatdan so‘ng dastlabki 30 daqiqada qon to‘xtatilsa, aksariyat o‘lim holatlarining oldini olish mumkin.
Floridalik izlanuvchilar siloksanlar (kremniy va kislorod birikmalari) asosida SilFoam deb nomlangan ashyoni loyihalab sinovdan o‘tkazishdi. U jarohatga maxsus ikki kamerali shprits yordamida surtiladi. Xuddi quruvchilar yoriqlarni to‘ldirishda ishlatadigan montaj ko‘pigiga o‘xshaydi.
SilFoam dastlabki hajmiga nisbatan yetti baravargacha kengayadi. Hosil bo‘lgan ko‘piksimon modda jarohatni qoplab, tarkibidagi kumush oksidi hisobiga uni mikroblardan xalos qiladi. Bir daqiqa ichida qon ketishi to‘xtaydi.
Olimlarning aytishicha, hosil bo‘lgan ko‘pik anchayin yopishqoq bo‘lib, tanada ushlanib turadi, teriga shikast yetkazmasdan og‘riqsiz olib tashlash oson.
Yangi vosita hech qanday maxsus sharoit talab qilmaydi, gelli shpritsni xona haroratida ham saqlash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”