Foto: Getty images
Shimoliy Koreya (KXDR) mamlakatning yangi konstitutsiyasida Janubiy Koreya (JK) rasman «dushman davlat» sifatida belgilanishini tasdiqladi. Bu haqda 17 oktyabr, payshanba kuni Koreya markaziy axborot agentligi (KMAA) xabar berdi.
Matnda ta’kidlanishicha, yaqinda KXDR va JKni bog‘lab turgan avtomobil va temiryo‘llarning shimoliy qismlari vayron qilingani «JKni dushman davlat sifatida aniq belgilab beruvchi KXDR Konstitutsiyasi talablariga muvofiq ko‘rilgan muqarrar va qonuniy chora bo‘ldi». Shunday qilib, Shimoliy Koreya Seul bilan birlashish g‘oyasidan rasman voz kechdi.
KMAA KXDRning o‘zgartirilgan konstitutsiyasi haqida boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
Putin Dumaga KXDR bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga 2024 yil 19 iyun kuni Pxenyanda imzolangan KXDR bilan har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda 14 oktyabr kuni «Interfaks» agentligi xabar berdi. Hujjat Rossiya parlamentining onlayn ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan.
Shartnoma bandlarining birida «agar tomonlardan biri biron-bir davlat yoki bir necha davlat tomonidan qurolli hujumga uchrasa va shu tariqa urush holatiga tushib qolsa, ikkinchi tomon zudlik bilan barcha vositalar bilan harbiy va boshqa yordam ko‘rsatadi», deyiladi.
Boshqa bir bandga ko‘ra, bir davlatga qarshi «qurolli tajovuzkorlik akti tahdidi yuzaga kelgan taqdirda» ikkinchisi so‘roviga ko‘ra darhol «o‘z pozitsiyalarini muvofiqlashtirish va bir-biriga yordam berishi mumkin bo‘lgan amaliy choralarni kelishish» uchun ikki tomonlama kanallardan foydalanishi kerak».
Bundan tashqari, tomonlarning har biri uchinchi davlatlar bilan boshqa mamlakatlar suvereniteti, xavfsizligi, hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan kelishuvlar tuzmasligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tizimlarni rivojlantirish huquqiga ega ekani hamda boshqa asosiy manfaatlariga qarshi qaratilgan bitimlar tuzmaslik majburiyatini olishi aytilgan.
KXDR, Janubiy Koreya, Birlashish, Rad etdi “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan