Foto: AP
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yahudiy davlati BMT qarori bilan yaratilgani haqidagi gaplaridan keyin Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tarixni bilmaslikda aybladi. U, shuningdek, qurol yetkazib berishni to‘xtatish chaqirig‘ini sharmandalik deb atadi.
Isroil hukumati rahbari Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida Fransiya prezidentining nutqini izohlab, Fransiyani do‘st deb atagan va uni yahudiy davlati tomonida bo‘lishga chaqirgan.
Binyamin Netanyaxu Emmanuel Makronning Isroil BMT tomonidan yaratilgani haqidagi so‘zlarini “tarixdan bexabarlik va hurmatsizlik” dalili deb hisoblaydi. “BMT yahudiy xalqining davlatga bo‘lgan huquqini tan oladi, lekin, bu davlatni ular tuzmagan”, degandi Makron.
Netanyaxuning ta’kidlashicha, BMT 1948 yilgi urushda qatnashmagan; uning ishtirokchilari “Holokost va Vishi rejimidan omon qolgan” odamlar bo‘lgan. “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroil davlatini yaratdi deyish tarixni ayanchli buzib ko‘rsatishdir”, deya qo‘shimcha qildi Netanyaxu.
Isroil bosh vaziri Makronning qurol yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini bevaqt deb hisoblaydi, chunki ayni paytda Eron Yaqin Sharqda Isroil bilan urush olib borayotgan guruhlarni qurollantirmoqda.
“Men bu chaqiruvni sharmandali deb bilaman, garchi biz Fransiyadan qurol olmayotgan bo‘lsak ham. Umid qilamanki, Fransiya o‘z siyosatini o‘zgartiradi va biz Livan barqarorligi yo‘lida, shuningdek, boshqa mintaqaviy masalalarda hamkorlik qilishimiz mumkin”, dedi Isroil bosh vaziri.
Makronning Isroil “BMT qarori bilan yaratilgan” degan bayonoti Vazirlar kengashining yopiq majlisida aytilgan. Ayni paytda Livanda Isroil armiyasi “Hizbulloh”ga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda. BMT tinchlikparvar kuchlari oktyabr boshidan beri Isroil tomonidan o‘z pozitsiyalariga hujum qilingani haqida bir necha bor xabar bergan.
Makron, Isroil davlati yaratilishi, Netanyaxuning javobi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi