09:37 / 18.10.2024
59

Tojikistonlik muxoliflar G‘arb davlatlarini Emomali Rahmonga bosim o‘tkazishga chaqirdi

Tojikistonlik muxoliflar G‘arb davlatlarini Emomali Rahmonga bosim o‘tkazishga chaqirdi
Foto: “AzdaTV”
Amsterdamda 2018 yilda tojik muxolifatchilari tomonidan tuzilgan “Tojikiston islohotlari va taraqqiyoti” harakati AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Yevropa ittifoqi hukumatlariga Tojikistonda “inson huquqlarini himoya qilish va demokratik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish”, shuningdek, respublika rahbariyatiga siyosiy bosimni kuchaytirish chaqirig‘i bilan murojaat qildi.

Murojaat mualliflari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni muxolifatni ta’qib qilish, inson huquqlarini poymol etish va “demokratik o‘zgarishlar”ga to‘sqinlik qilishda ayblagan. Harakat bayonotida ta’kidlanishicha, “inqirozni muloqot orqali hal qilishning tinch yo‘llari amalda tugab bo‘lgan”.

Bu mintaqaviy barqarorlikka jiddiy xavf tug‘diradi va oldindan aytib bo‘lmaydigan beqarorlikka olib kelishi mumkin. Tojikiston yosh aholiga ega davlat bo‘lib, fuqarolarining 71 foizini yoshlar tashkil etadi. Bu avlod uchun demokratik muqobil va imkoniyatlarning yo‘qligi radikallashuv xavfini keltirib chiqaradi. Demokratik tanlov bo‘shlig‘idan ekstremistik guruhlar foydalanishi mumkin, bu nafaqat Tojikistonga, balki butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda”, deya ogohlantirdi muxolifat.

Qayd etilishicha, mazkur harakat rahbari Sharofiddin Gadoyev ismli shaxs mamlakatda hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha jinoyatlarda tilga olingan, uning doirasida iyun oyida Tojikiston huquq-tartibot idoralari bir qator siyosatchilar va amaldorlarni qo‘lga olgan.

Avvalroq Tojikiston IIV Niderlandiya hukumatini qidiruvdagi shaxslarni Dushanbega ekstraditsiya qilishga chaqirgan edi. Shundan so‘ng Gadoyev Niderlandiya uni va boshqa muxolifat faollarini Tojikistonga ekstraditsiya qilmasligiga ishonch bildirgan.

Tojikistonlik muxoliflar, G‘arb davlatlari, Emomali Rahmon, Bosim o‘tkazish

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonlik muxoliflar G‘arb davlatlarini Emomali Rahmonga bosim o‘tkazishga chaqirdi