10:22 / 18.10.2024
34

Isroil HAMAS yetakchisi o‘ldirilishidan oldingi kadrni ko‘rsatdi (video)

Isroil HAMAS yetakchisi o‘ldirilishidan oldingi kadrni ko‘rsatdi (video)
Foto: Videodan kadr
Isroil armiyasi HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirilishidan bir necha daqiqa oldin suratga olingan kadrni namoyish qildi. Kadrlar G‘azo sektorining janubidagi binoda drondan olingan.

Videoda dron yarim vayronaga aylangan uyga kirgani, uning ichida yuzi va boshi mato bilan qoplangan, qo‘li ham yaralangan erkak o‘tirganini ko‘rish mumkin.

HAMAS yetakchisi deb taxmin qilinayotgan erkak bir qo‘li bilan tayoqni ushlab, uni dronga uloqtirgan. Ammo nishonga tegmagan. Dronning suratga olish jarayoni shu joyida tugagan.

Yahyo Sinvar G‘azo sektorida tug‘ilgan va HAMASning jangchilari qanoti asoschilaridan biri. U 22 yildan ortiq vaqtini Isroil qamoqxonalarida o‘tkazgan va 2011 yilda falastinlik asirlarni garovga olingan isroillik askarlarga almashish bo‘yicha kelishuv doirasida ozod etilgandi.

17 oktyabrda Isroil armiyasi Sinvarning o‘ldirilgani haqida e’lon qildi, u snayper tomonidan otib o‘ldirilgan. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS rahbari o‘limini dastlabki DNK ekspertizasi bilan tasdiqlangan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu barcha garovga olinganlar anklavdan qaytarilmaguncha armiya G‘azo sektorida qolishini aytgan. Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etmoqda, shu vaqtdan beri Falastin tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda 42 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

Isroil 31 iyul kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani o‘ldirgandi. Uning Tehrondagi qarorgohiga qilingan hujum oqibatida u va tansoqchilaridan biri halok bo‘lgandi. Shundan so‘ng uning o‘rnini Yahyo Sinvar egallagandi.

28 sentyabr kuni esa Livanning “Hizbulloh” harakati bosh kotibi Hasan Nasrulloh Bayrutning janubiy chekkasida uyushtirgan havo hujumida halok bo‘lgandi. Isroil shu kuni tonnalab bombalar bilan 6 ta bino va bunkerlarni portlatib yuborgan. Ulardan biri “Hizbulloh” yetakchisi bo‘lgandi.

Isroil, HAMAS yetakchisi, Yahyo Sinvar, G‘azo sektori, O‘ldirilishi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil HAMAS yetakchisi o‘ldirilishidan oldingi kadrni ko‘rsatdi (video)