11:10 / 18.10.2024
21

Qozog‘iston vaziri: “Qozog‘iston o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini yaratishdan bosh tortdi”

Qozog‘iston vaziri: “Qozog‘iston o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini yaratishdan bosh tortdi”
Illustrativ foto: “Arbatmedia”
Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jasulan Madiyev mamlakat o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratishi imkoniyatini baholadi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda bunday ijtimoiy tarmoq paydo bo‘lishi uchun katta resurslar kerak.

"Dunyoda 200 ga yaqin mamlakat bor. Ijtimoiy tarmoqlar esa barmoq bilan sanarli. Har bir mamlakatning o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yoki messenjerini yaratishga intilishi kuzatilmaydi. Bunday texnologiyani qo‘llab-quvvatlash, raqobatbardoshligini oshirish, texnologik va axborot xavfsizligini ta’minlash uchun juda katta resurslar talab etiladi. Platformaning o‘zi xavfsiz bo‘lmasa, undan kim foydalanadi?", dedi Madiyev.

Shuningdek, u ilgari Qozog‘istonda o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratishga urinib ko‘rilgani haqida gapirdi.

"Bu juda qimmatbaho zavq. Mamlakatimizda o‘z ijtimoiy tarmoqlarini yaratishga bo‘lgan bir qancha urinishlar bo‘ldi, ammo ular hozircha muvaffaqiyatga erishmadi. Mening fikrimcha, bu rivojlanish va xavfsizlikka ulkan resurslarni sarflashga hamda sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan xususiy tashabbus bo‘lishi lozim", dedi vazir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston vaziri: “Qozog‘iston o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini yaratishdan bosh tortdi”