00:09 / 19.10.2024
32

Qozog‘istonda xizmat mashinasida nonga chiqqan hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

Qozog‘istonda xizmat mashinasida nonga chiqqan hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi
Foto: azaqstan Media
Shimoliy Qozog‘iston viloyatida xizmat avtomobilida nonga borib kelgan, so‘ng o‘zining qoidabuzarligini tasvirga olgan bloger bilan kelishishga uringan tuman hokimi o‘rinbosari javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi Tengrinews.

Qayd etilishicha, 18 oktyabr kuni Petropavlovskda Qiziljar tumani hokimi o‘rinbosari Alma Nurgaliyevaga nisbatan davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzgani uchun qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish odob-axloq kengashida ko‘rib chiqilgan.

«2024 yilning sentyabrida ijtimoiy tarmoqqa Nurgaliyeva xizmat mashinasini belgilanmagan joyga to‘xtatgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Nurgaliyevaga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va u jarimani to‘lagan», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tuman hokimi o‘rinbosari xizmat mashinasida kechki soat 19:00 da uyiga ketayotib, non olish uchun to‘xtagan. U avtomobilini to‘xtash taqiqlanadigan belgi ta’sir qiladigan hududda qoldirganiga e’tibor qaratmagan. Shunday qilib, hokim o‘rinbosari «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonun hamda Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini buzgan.

Odob-axloq kengashi xulosasiga ko‘ra, Nurgaliyevaning qodabuzarligi unchalik katta emas, buning uchun tanbehdan qattiq tanbehgacha bo‘lgan jazo belgilanadi. Yig‘ilishda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video ham ko‘rib chiqilgan. Unda ayol «Meni tasvirga olmang, sizga pul berishim mumkin», degan. Hokim o‘rinbosarini videoga olgan bloger esa «Nima, siz menga pora taklif qilyapsizmi?» — deganini eshitish mumkin.

Ko‘pchilik ovoz bilan odob-axloq kengashi a’zolari tuman hokimiga o‘z o‘rinbosariga tanbeh berib qo‘yishni tavsiya qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda xizmat mashinasida nonga chiqqan hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi