Foto: AFP
AQSH prezidenti Jo Bayden Hamas yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘ldirilishini izohlar ekan, «bu urushni tugatish vaqti keldi», dedi.
Berlinda jurnalistlar bilan suhbatlashgan Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga qo‘ng‘iroq qilib, «uni tabriklagani» va endi oldinga qarab harakat qilish vaqti kelganini aytganini bildirdi.
«Urushni tugatish va garovga olinganlarni uylariga qaytarish vaqti keldi. Biz bunga tayyormiz», deb ta’kidlagan Amerika yetakchisi va G‘azoda sulhga erishish uchun tegishli qadamlam tashlash kerakligini qo‘shimcha qildi.
Bayden AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning Isroilga tashrifi haqida ham e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kundan keyin davlat kotibi Isroilga safar qilib, hamkasblari bilan mavjud vaziyatni muhokama qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi