19:53 / 19.10.2024
28

Pul hamma narsani hal qiladi: turk OAVda nega Hande Erchel va Hakan Sabanji haqida yangilik yo‘q?

Pul hamma narsani hal qiladi: turk OAVda nega Hande Erchel va Hakan Sabanji haqida yangilik yo‘q?
Turk seriallari yulduzi Hande Erchel va uning milliarder qallig‘i Hakan Sabanji ularning munosabatlari haqidagi turli xabarlar va mish-mishlardan qattiq g‘azabda edi. Ammo so‘nggi bir necha oy ichida turk matbuotida ular haqida deyarli hech qanday xabar yo‘q. Shu sababli dizi muxlislari yulduzlarning nega “sukut saqlayotganini” tushuntirib beradigan bir nechta taxminlarni ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilmoqda. Ushbu materialda ana shu versiyalarning eng haqiqatga yaqini va qiziqarlisini ko‘rib chiqamiz.

Foto: Thegirl.ru
Hakan Sabanji turk muxbirlariga shaxsiy daxlsizlik huquqi uchun katta miqdorida pul to‘lagan

Foto: Thegirl.ru
Biznesmenning jurnalistlar tomonidan doimiy ta’qib qilingani tufayli g‘azabda ekani haqidagi xabarlar postiga foydalanuvchilar ajoyib taklif yozishgan edi: turk matbuoti yulduzning munosabati haqida sukut saqlashi uchun ularga pul to‘lashni tavsiya qilishdi. Ha, OAVlarda juftlikning ko‘rinmay qolganiga bu sabab mantiqiy bo‘lishi mumkin. Chunki Hakan va Handening munosabatlari oshkor bo‘lganda sariq matbuotda larning benikoh farzand kutayotgani, erkakning aktrisaga xiyonati haqidagi “hayratga soluvchi tafsilotlar” ko‘payib ketgan edi. Xullas, muammo haqiqatdan ham pul bilan hal qilinganga o‘xshaydi, deydi muxlislar.

Hande Erchel va Hakan Sabanjining hayotida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin

Foto: Thegirl.ru
Uzoq vaqt davomida turk matbuoti juftlikning yaqin orada turmush qurishi mumkinligi haqida yozib borgan edi, ammo guvohi bo‘lib turganimizdek, hozircha Sabanji ham, Erchel ham pasportdagi muhrsiz munosabatlar bilan kifoyalanmoqda. Kutilayotgan katta voqea — to‘yga tayyorgarlik haqidagi xabarning shov-shuvli chiqishini maqsad qilgan OAV atay ular haqida hozircha sukut saqlayotgan bo‘lishi mumkin.

Ba’zi yulduzlar alohida nashrlar bilan alohida shartnoma ham tuzishadi. Masalan, agar biror jurnal mashhurning hayoti haqida hech qanday g‘iybatli va ig‘voli xabarlar yozmasa, aktyorlar aynan ularga birinchi bo‘lib eksklyuziv ma’lumotlarni berishga rozi bo‘ladi.

Hakan va Handening munosabatlari shunchaki shartnoma asosidagi piar bo‘lishi mumkin

Foto: Thegirl.ru
Hakan Sabanji va Hande Erchel o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma ekanligi haqidagi nazariya ham haqiqatdan yiroq emas. “Qalbim eshigini qoq” seriali yulduzi ma’lum vaqt ijodiy tanaffus olgandan so‘ng, Turkiyada unchalik muhokama qilinmaydigan yulduzga aylandi. Hande o‘zining avvalgi mashhurligini tiklash uchun jiddiy qadamlar qo‘yishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin. Qolaversa, Hakan Sabanji ham avvallari iliq ta’riflar bilan tilga olinmagan. Milliarderning doimiy turli qizlar bilan uchrashib yurishi, yomon insonlar davrasiga tushib qolgani yoki pullarini doim bekorga sovurishi haqidagi xabarlar ko‘p edi.

Endilikda biznesmenning Hande bilan munosabatida so‘ng Hakan haqida ijobiy yangiliklar tarqala boshladi, jumladan, u turli xayriya jamg‘armalariga yordam berdi va kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatladi. Shundan so‘ng uning xalq orasidagi “xotinboz erkak” nomi o‘cha boshladi va Sabanji obro‘sini tiklab oldi. Bu vaqtda Hande ham dunyo miqyosdagi ijtimoiy tadbirlarda qatnashish, yanada ko‘proq reklama shartnomalarini olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Xalqning juftlikka bo‘lgan qiziqishi kamaydi, shuning uchun turk OAV ularga vaqt sarflamaslikka qaror qildi

Foto: Thegirl.ru
Hande Erchel va Hakan Sabanji o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar haqidagi xabarlar dastlabki bir necha oy ichida katta munozaralarga aylangan edi. Hozirda esa xalqning qiziqishlari boshqa yangiliklarga qaratilgan. Buning ustiga, bir yil davomida juftlik hayoti salbiy o‘zgarishsiz turg‘un davom etmoqda. Qiziqqon turk xalqi uchun esa ko‘proq yulduzli janjallar yoki ajralishlar haqidagi xabarlar ko‘proq qiziqish uyg‘otadi.

Barcha ishlarda Arzu Sabanjining qo‘li bor

Foto: Thegirl.ru
Milliarder Hakan Sabanjining onasi Arzu xonim jamiyatda o‘z o‘rni va kuchiga ega ayol bo‘lib, aynan u jurnalistlarga o‘g‘li va Handeni muhokama qilmasliklarini talab qilgan bo‘lishi mumkin. Ayol tadbirkor o‘g‘lining obro‘si buzilishini istamagan yoki shunchaki bo‘lajak kelin-kuyov tinch va osuda hayot kechirishlarini tilagan bo‘lishi mumkin. Har holda Arzu Sabanjining qo‘l ostida nafaqat katta pul, balki kuchli aloqalari ham mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pul hamma narsani hal qiladi: turk OAVda nega Hande Erchel va Hakan Sabanji haqida yangilik yo‘q?