Foto: AP
Isroil G‘azoda garovga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning jasadidan savdo vositasi sifatida foydalanishi mumkin.
CNN Isroildagi manbalariga tayanib xabar berishicha, isroillik asirlarning qaytarilishi guruh uchun harakat yetakchisining jasadini qaytarishning yagona yo‘li bo‘lishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, Yahyo Sinvarning jasadidan qanday foydalanishni hal qilishda Isroil rasmiylari uchun asirlarni ozod qilish ustuvor vazifa bo‘lishi mumkin. Mamlakat hozirda garovga olinganlarni ozod qilish uchun HAMASga qanday bosim o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda.
“Agar HAMAS rahbarining qoldiqlarini tirik yoki o‘lik isroilliklarga almashtirmoqchi bo‘lsa, bu yaxshi”, dedi CNN'ga diplomatik manba.
Shu bilan birga, u har qanday sharoitda jasadning qaytarilishi qolgan HAMAS a’zolarining birligiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.
Isroil 17 oktyabr kuni Yahyo Sinvar o‘ldirilganini e’lon qilgan edi, ertasi kuni esa HAMAS o‘z yetakchisining o‘limini tasdiqlagan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastin harakati a’zolariga murojaat qilib, qurollarini tashlab, asirlarni qaytarishni so‘ragan, biroq guruh buni amalga oshirishdan bosh tortgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari