36
G‘azo rasmiylari Bayt-Laxiyaga zarba oqibatida 90 ga yaqin kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
Foto: Reuters
Hamas nazoratidagi G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, ko‘plab jabrlanuvchilar hamon xarobalar ostida va tez yordam brigadalari yetib bora olmaydigan joylarda qolmoqda.
Isroil qurbonlar to‘g‘risidagi ma’lumotni tekshirayotgani, ammo Hamas ofisi tomonidan taqdim etilgan raqamlar bo‘rttirilgan deb hisoblashini ma’lum qilib, guruhdagi manbalar «oldingi holatlarda naqadar ishonchli» ekanini ko‘rsatib qo‘yganini qayd etgan.
SAHAL ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kun davomida Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo va Livanda «175 ga yaqin terrorchilik nishonlari»ga zarba yo‘llagan.
Hamas matbuot xizmati shanba kuni Bayt-Laxiyada ro‘y bergan portlash oqibatida aholi tig‘iz yashovchi kvartal jabrlanganini ma’lum qilgan. G‘azodagi Hamas fuqaro mudofaasi agentligi ham qurbonlar ko‘pligini ma’lum qilgan. Wafa axborot agentligiga ko‘ra, zarba oqibatida turar joy kompleksi butkul vayron bo‘lgan.
BBC o‘z xabarida bu ma’lumotni mustaqil manba orqali tekshirish imkonsizligini bildirgan.
Ayni vaqtda hududda aloqa va internet ishlamayotgani tufayli Bayt-Laxiyadagi qidiruv-qutqaruv ishlari ham murakkablashgan.
Bu zarba Isroil qo‘shini Bayt-Laxiyadagi Indoneziya shifoxonasini o‘qqa tutgani haqidagi xabardan bir necha soat o‘tib yo‘llangan. Isroil mudofaa armiyasi BBC muxbiriga «Hamasning terrorchilik obyekti»ga zarba bergani va «tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun barcha choralar ko‘rilgani»ni bildirgan.
Isroil G‘azo shimoliga yangi harbiy yurishini oktyabr oyi boshida boshlagan, Hamas mazkur hududda qayta guruhlanishiga yo‘l qo‘ymaslik mazkur amaliyot vazifasi sifatida belgilangan.
Xususan, Isroil qo‘shini yirik qochqinlar lageri joylashgan Jabaliya shahrini qurshab olib, o‘qqa tutmoqda — juma kuni bu hudud o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘lgandi.
Gumanitar tashkilotlar so‘nggi haftalarda mazkur hududga yordam deyarli yetkazib berilmagani haqida ogohlantirgan. Isroil statistikasi ham G‘azoga yordam hajmi sentyabr oyining shu davri bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatmoqda.
Isroil G‘azoga insonparvarlik yordami o‘tishiga to‘sqinlik qilayotganini bir necha bor rad etgan, ammo AQSH anklavga yordam yetkazish hajmini oshirishni talab qilib, aks holda harbiy yordam yetkazib berishni cheklashidan ogohlantirgan.
G‘azoda Hamas yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirilganidan keyin ayrim ekspertlar bir yildan oshiq vaqt davom etayotgan mojaro to‘xtashi mumkinligi haqida ham aytishgandi. Ammo Hamas Isroil G‘azodan chiqib ketmaskan, garovdagilarni qaytarish haqida gap bo‘lmasligini bildirdi.
Eron oliy rahnamosi, oyatulloh Ali Xominaiy ham shanba kuni Sinvarning o‘limi mintaqada Isroilga qarshi turuvchi kuchlar tarmog‘i bo‘lmish «Qarshilik o‘qi» kurashdan to‘xtamasligini bildirdi.
«Hamas tirik va yashashda davom etadi», — deyilgan Xominaiyning bayonotida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi