Foto: Reuters
Moldovaning Yevropani qo‘llab-quvvatlovchi amaldagi prezidenti Mayya Sandu prezidentlik saylovlarining birinchi turida o‘zining asosiy raqibi, mamlakat sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanogloni ortda qoldirdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sandu 41 foiz, Stoyanoglo 26 foiz ovoz olgan. Bu Markaziy saylov komissiyasining 96 foizdan ortiq ovozlarni sanab chiqqan ma’lumotlarga asoslanadi.
Prezidentlik poygasining natijasi ikki haftadan keyin saylovlarning ikkinchi turida hal qilinadi. Birinchi turda hech bir nomzod 50 foizdan ortiq ovoz olmagan. Saylovning birinchi bosqichida 11 nafar nomzod ishtirok etgandi.
Referendum natijalari
Prezidentlik saylovlari kuni Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha ham referendum bo‘lib o‘tdi.
Saylovchilarning 54 foizdan ortig‘i Yevropa integratsiyasiga qarshi ovoz bergan. Ovozlarning 97,43 foizi hisoblab chiqilgan. Saylov va referendumda ishtirok etganlarning umumiy soni 51 foizdan oshib, bir yarim milliondan ortiq fuqaroni tashkil etgan.
"Moldovada erkinlik va demokratiyaga misli ko‘rilmagan hujum yuz berdi", deya referendumning dastlabki natijalarini sharhladi Mayya Sandu.
U “milliy manfaatlarga qarshi bo‘lgan chet el kuchlari bilan hamkorlikda ish yuritayotgan jinoyatchi guruhlar”ni aralashuvda aybladi va ularning maqsadi “demokratik jarayonni izdan chiqarish” ekanini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”