date
views 68

Stratosferaga olmos changini chiqarish global isishni kamaytirishi mumkin

Stratosferaga olmos changini chiqarish global isishni kamaytirishi mumkin
Foto: Anadolu Agency
Stratosferaga har yili 5 million tonna olmos changining chiqishi sayyorani 1,6 darajaga sovitishi mumkin. Bu haqda Science.org tadqiqot natijalariga tayanib xabar bermoqda.

Bu global isishning eng yomon oqibatlarini oldini olish uchun yetarli.

Olimlar stratosferaga purkalgan olmos changlari quyosh nurlarini aks ettirib, haroratni pasaytirishi mumkinligini aniqlashdi.

Qayd etilishicha, ilgari vulqon tutuni va zarralari atmosferani qoplab, Yerning sovishiga sabab bo‘lgan.

Yangi tadqiqot stratosfera aerozol in’eksiyasi deb nomlanuvchi geoinjeneriya shakliga tegishli. Ushbu g‘oya vulkanizmning tabiiy jarayoniga asoslangan.

Tadqiqot natijalari Geophysical Research Letters jurnalida chop etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stratosferaga olmos changini chiqarish global isishni kamaytirishi mumkin