date
views 131

Rossiya Kriviy Rigga ballistik raketalar bilan hujum qildi

Rossiya Kriviy Rigga ballistik raketalar bilan hujum qildi
Foto: Ukraina Ichki ishlar vazirligi
Rossiyaning Kriviy Rigga raketa hujumi oqibatida kamida 17 kishi jarohat oldi, ulardan 8 nafarining ahvoli oʻrtacha ogʻirlikda. Bu haqda 20 oktyabr, yakshanba kuni shahar mudofaa kengashi raisi Aleksandr Vilkul xabar berib, zarba 19 oktyabr kuni kechqurun ikki ballistik raketa bilan amalga oshirilganini koʻrsatdi.

Dnipropetrovsk oblast harbiy ma'muriyati rahbari Sergey Lisakning aniqlik kiritishicha, jabrlanganlar orasida 14 erkak va uch ayol bor. Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati ma'lumotlariga koʻra, yaradorlardan biri qutqaruvchidir.

Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga koʻra, 15 ta koʻp qavatli uy, 3 ta ta'lim muassasasi, 3 ta ma'muriy bino (tuman ijroiya qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimi, Pensiya jamgʻarmasi), 7 ta tadbirkorlik ob'ekti, mehmonxona, doʻkonlar, kafelar, cherkov, bank filiali va ofis binolari shikastlangan. Bundan tashqari, gaz quvuri, oʻttizga yaqin avtomobil, jumladan, uchta oʻt oʻchirish mashinasi, uchta politsiya va tez yordam mashinasi zarar koʻrgan. Qutqaruv operatsiyasi yakunlandi.

Rossiya Ukrainaga 135 ta hujumkor UUA bilan hujum qildi

18 oktyabrga oʻtar kechasi Rossiya qoʻshinlari Ukraina hududiga 135 ta dron bilan hujum qildi, deb xabar berdi Ukraina Havo kuchlari Telegramʼda. «Dushman Ukrainaga Shahed tipidagi hujumkor uchuvchisiz uchoqlar va noma'lum turdagi dronlar bilan hujum qilmoqda», — deyiladi ertalabki xabarda. Uchirishlar yana Kursk, Orel va Primorsko-Axtarsk rayonlaridan amalga oshirildi.

Ukraina Qurolli kuchlari ma'lumotlariga koʻra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning 14 oblastida 80 ta dronni urib tushirishga muvaffaq boʻlgan, radioelektron kurash tizimlarining ishlashi natijasida yana 44 ta dron Ukrainaning bir qator viloyatlarida «mahalliy ravishda yoʻqotilgan». Harbiy hisobot e'lon qilingan vaqtda Ukraina havo hududida oʻnga yaqin dron boʻlgan va ikkitasi Belarusga uchib ketgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo