Foto: Videodan kadr
Sudanda bortida ruslar bo‘lgan yuk samolyoti urib tushirildi. Bu haqda Sudandagi Rossiya elchixonasiga tayanib “Meduza” xabar berdi.
Bu Il-76 yuk samolyoti bo‘lib, u BAAda joylashgan FZC Airline Transport Incorporation kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
“Sudan g‘arbida yuk tashuvchi samolyot urib tushirildi. Ekipaj tarkibida Rossiya fuqarolari bo‘lgan”, deyiladi elchixona xabarida.
Qayd etilishicha, barcha sa’y-harakatlar halokat sabablarini oydinlashtirishga qaratilgan. Samolyot jangovar zonada — Darfurda qulagan.
Samolyot BAAdan Chad respublikasiga muhandislik yordamini olib ketayotgan bo‘lgan. Sudan OAVning xabar berishicha, Tezkor harakat kuchlarining mahalliy harbiylashtirilgan guruhi uni xatolik tufayli urib tushirgan.
Halokat sodir bo‘lgan joyda FZC Aviatransport korporatsiyasining bosh muhandisi Viktor Granovga tegishli hujjatlar topilgan. U bilan boshqa rus hamkasblari ham bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi