Foto: “TASS”
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Janubiy Koreya va Ukrainani “ikki tomchi suvdek o‘xshash” deb ta’riflab, ikkala davlatni “AQSH tomonidan tarbiyalangan beodob itlar” deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Seul va Kiyevning xatti-harakatlariga qarab, ularning shoshilinch harakat qilishlari, tilanchilik qilishlari va yadroviy qurolga ega bo‘lgan davlatlar haqida qaytarib bo‘lmaydigan bema’ni gaplarni aytishga jur’at etishlari, ularni ikki tomchi suvdek o‘xshash ekanini ko‘rsatmoqda. Buni AQSH tomonidan tarbiyalangan odobsiz itlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar deb atash mumkin”, dedi Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Kim Yo Chjon.
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya dronlarining KXDR havo hududini buzishi bilan bog‘liq hodisalar sababli yana qo‘shni davlatni tanqid qildi. Kim Yo Chjon Shimoliy Koreya tergov organlari hodisani o‘rganishni davom ettiraytoganini aytdi.
“Bizning qasosimiz va javobimiz qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi”, deya qo‘shimcha qildi u.
KXDR 19 oktyabr kuni Pxenyan atrofida uchuvchisiz uchish apparati qoldiqlari topilganini ma’lum qildi. Ekspertlar bu dronlar bilan operatsiyalar o‘tkazishga mas’ul Janubiy Koreya maxsus qo‘mondonligiga tegishli ekanini bildirdi. KXDR Mudofaa vazirligi vakili bunday apparat Koreya Qurolli kuchlari kunini nishonlash paytida namoyish etilganini aytdi. Janubiy Koreya tomoni bunga izoh berish borasida harbiylar Pxenyan da’volarini tasdiqlay olmasligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi