Foto: AP Photo
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp CBS News telekanaliga maktub yo‘llab, raqibi Kamala Harrisning “60 daqiqa” ko‘rsatuviga bergan intervyusining to‘liq, tahrir qilinmagan matnini chop etishni talab qildi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, maktub “60 daqiqa” ko‘rsatuvi Trampning Harris bilan bo‘lgan intervyuni tahrirlash borasidagi ayblovlari “yolg‘on” ekanini aytganidan keyin yuborilgan. Xabar qilinishicha, xat Trampning yuridik maslahatchisi Edvard Paltzik tomonidan tuzilgan va siyosatchi nomidan yozilgan.
“Biz sizdan Kamala Harrisning “60 daqiqa”ga bergan intervyusining to‘liq, tahrir qilinmagan matnini zudlik bilan taqdim etishingizni va chop etishingizni talab qilamiz”, deyiladi maktubda.
Tramp telekanaldan intervyu bilan bog‘liq barcha yozishmalar va hujjatlarni “yo‘q qilishdan tiyilish”ni, shuningdek, “mumkin bo‘lgan sud jarayonlarini hisobga olgan holda” tahrirlash haqidagi ma’lumotlarni saqlab qolishni talab qilgan.
Avvalroq Tramp CBS telekanali prodyuserlarini Harrisning “60 daqiqa” dasturida bergan intervyusiga jiddiy tuzatishlar kiritganlikda ayblagan edi. Keyinroq u telekanalni translyatsiya litsenziyasidan mahrum qilishni talab qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi