Foto: Getty Images
Anqara yaqinidagi Turkish Aerospace (TUSAŞ) aerokosmik kompaniyasi shtab-kvartirasiga hujum oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, 14 kishi yaralangan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.
Avvalroq korxona hududida kuchli portlash ro‘y berib, otishma boshlangani xabar qilingandi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya hujum qilganlardan ikki nafari o‘ldirilganini ma’lum qilgan. Avvalroq u hodisani terakt deb atagandi.
«Turkiya aerokosmik sanoatiga qarshi terrorchilik hujumi uyushtirildi. Afsuski, bizda qurbonlar va yaralanganlar bor», — deya yozgandi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Voqea joyidan olingan kadrlarda tutun va kuchli yong‘in aks etgan.
Turkiya nashrlariga ko‘ra, qo‘riqchilar almashayotgan vaqtda portlash ro‘y bergan; hujumdan keyin korxona xodimlarini panagohlarga jo‘natishga to‘g‘ri kelgan.
Voqea joyiga o‘t o‘chirish va tibbiyot brigadalari, shuningdek, politsiyachilar va maxsus topshiriqli kuchlar yetib kelgan.
Mahalliy nashrlarda Turkish Aerospace hududiga ikki kishi — bir erkak va bir ayol hujum qilgani haqida xabar tarqatgandi. Boshqa manbalarga ko‘ra, hujum qilganlar soni uch nafar bo‘lgan.
Anqara shahri meri Mansur Yavosh hodisadan chuqur qayg‘uda ekanini aytgan: «Men jafokashlarimizga xudoning marhamati va yaradorlarga tezda sog‘ayib ketishlarini tilayman. Biz terrorizmni qoralaymiz. Ta’ziyamni qabul qiling».
Turkish Aerospace kompaniyasiga 1973 yilda asos solingan bo‘lib, Turkiyaning aerokosmik sohasida muhim o‘yinchi sanaladi, bu yerda samolyotlar, vertolyotlar, dronlar hamda tijoriy foydalanish va harbiy ehtiyojlar uchun kosmik sun’iy yo‘ldosh vositalari ishlab chiqiladi.
2023 yilda Turkish Aerospace Industries Inc. dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyalari ro‘yxatiga kirgan. Korxonaning yillik daromadi 1,5 milliard dollarni tashkil etadi. Kompaniyada 15 mingdan ziyod xodim, shu jumladan 7 mingga yaqin muhandislar, 6,5 mingdan ortiq texniklar va boshqa ishchilar mehnat qiladi.
Kompaniya shtab-kvartirasi Anqaradan 40 kilometr shimoldagi Qahramonkazanda joylashgan.
Hodisa ro‘y bergan vaqtda Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi boshlig‘i Xaluk Gyorgyun, TUSAŞ bosh direktori Mehmet Demiro‘g‘li va boshqa rasmiy shaxslar Istanbuldagi harbiy ko‘rgazmada ishtirok etayotgandi.
Hujum haqida xabar kelgach, delegatsiya Anqaraga yo‘l oldi, deb xabar bergan Anadolu. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari