Foto: FreeDom
AQSHning Kiyevga uzoq masofaga uchuvchi dronlar ishlab chiqarish uchun 800 million dollar ajratish haqidagi qarori Vashingtonning Ukrainadagi taktikasi o‘zgarganidan dalolat beradi. Bu haqdagi ma’lumotlar The New York Times (NYT) nashrida e’lon qilingan maqolada qayd etilgan.
Unga ko‘ra, Kiyevga dronlar ishlab chiqarish uchun 800 million dollar ajratish to‘g‘risidagi qaror Pentagonning ismini oshkor etmagan vakili tomonidan tasdiqlangan. Bu Ukrainaga nisbatan “G‘arb taktikasi o‘zgarganidan dalolat beradi”. Vashingtonning yangi strategiyasi Ukraina Qurolli kuchlarining o‘z qurollari bilan jangovar operatsiyalarni o‘tkazish qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan, deya ta’kidlaydi nashr.
Qayd etilishicha, Ukrainada dron ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash “Zelenskiy uchun o‘ziga xos yupatish harakati bo‘lishi mumkin”. Chunki AQSH G‘arbdagi hamkorlarini Rossiya hududiga zarba berish uchun Ukrainaga ruxsat berishga ko‘ndira olmagan.
NYT'ning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Qo‘shma Shtatlardan Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish hajmi “Pentagon zaxiralarining qisqarishi haqidagi xavotirlar tufayli” kamaygan.
21 oktyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Vashingtondan taxminan 1,6 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketlarini kutayotganini va uzoq masofali qurollar ishlab chiqarish uchun yil oxirigacha yana 8 milliard dollar olishga umid bog‘laganini aytdi.
O‘sha kuni AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukrainaga 400 million dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha navbatdagi yordamni e’lon qildi. Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi harbiy harakatlari boshlanganidan beri Vashington Kiyevga jami 59 milliard dollardan ortiq miqdorda harbiy yordam ajratdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi