17:07 / 24.10.2024
22

Moldovada saylovlarda ovozlarini «sotgan» fuqarolar jarimaga tortildi

Moldovada saylovlarda ovozlarini «sotgan» fuqarolar jarimaga tortildi
Foto: IPN
20 oktyabr kuni prezidentlik saylovlari, shuningdek, konstitutsiyada Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish maqsadini mustahkamlab qo‘yish zarurligi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan Moldovada 23 oktyabr, chorshanba kuniga qadar Korrupsiyaga qarshi kurash milliy markazi politsiyadan «passiv saylov korrupsiyasi» holatlari haqida 350 ta xabar oldi. Departament saytida xabar qilinganidek, ushbu qoidabuzarlik munosabati bilan jami 1 million leyga yaqin (konvertatsiya qilinganda: 52 000 yevro) jarima solingan.

Qayd etilishicha, Moldova qonunchiligida «passiv saylov poraxo‘rligi»ga «saylovchi tomonidan har qanday shaklda tovarlar, xizmatlar yoki imtiyozlarni shaxsan yoki vositachi orqali talab qilish, qabul qilish yoki olish shaklidagi huquqbuzarlik» sifatida qaraladi. Bunday huquqbuzarlik uchun jarima 25 ming leydan 37 500 ley (1299 — 1949 yevro)gacha bo‘ladi.

Fon der Lyayen Moldovani Yevropa tanlovi bilan tabrikladi

Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Moldova xalqi va prezident Mayya Sanduni mamlakatning YEIga kirishi bo‘yicha referendumdagi ovoz berish natijalari bilan tabrikladi. «Rossiyaning gibrid taktikasi oldida Moldova mustaqil, kuchli va Yevropa kelajagini xohlashini ko‘rsatmoqda!» — deb yozdi fon der Lyayen 21 oktyabr kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida.

Moldova Markaziy saylov komissiyasi tomonidan barcha byulletenlar sanab chiqilishi natijalariga ko‘ra, plebessit ishtirokchilarining 50,46 foizi Kishinyovning Yevropa yo‘nalishini yoqlagan.

20 oktyabr kuni Moldova fuqarolaridan «Siz Moldova Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi uchun Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tarafdorimisiz?» degan savolga «ha» yoki «yo‘q» deb javob berish so‘ralgan. Dastlab ikki lager o‘rtasidagi farq minimal edi. Biroq Kishinyovda va xorijda ovozlar hisoblanar ekan, Yevropa integratsiyasi muxoliflarining dastlabki ustunligi sezilarli darajada kamaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moldovada saylovlarda ovozlarini «sotgan» fuqarolar jarimaga tortildi