21:00 / 24.10.2024
33

Eksperiment: to‘rt kunlik ish haftasi unumdorlikni oshiradi

Eksperiment: to‘rt kunlik ish haftasi unumdorlikni oshiradi
Foto: Bloomberg
Germaniyada to‘rt kunlik ish haftasini joriy etish bo‘yicha hozirgi kundagi eng yirik tajriba o‘tkazildi. Unda iqtisodiyotning turli sohalaridagi 45 dan ortiq tashkilot ishtirok etdi. Tajribada ishtirok etgan xodimlarning 90 foizga yaqini hayotdan qoniqish darajasi oshgani hamda ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat yaxshilangani haqida xabar berdi. Eng qiziq faktlardan biri shuki, ish samaradorligi nafaqat pasaymagan, balki ayrim hollarda hatto oshgan.

Tajriba ishtirokchilari stress darajasi sezilarli pasayganini, umumiy sog‘ligi esa yaxshilanganini ta’kidladi. Xodimlar o‘rtacha haftasiga 38 daqiqa ko‘proq uxlay boshlagan, shuningdek, jismoniy faollikni ham oshirgan. Bu o‘zgarishlar nafaqat xodimlarning ahvolini yaxshiladi, balki ularning ishga nisbatan diqqati va ishtiyoqini ham oshirdi. Oktyabr oyida xodimlarning holatini kuzatib borish va sog‘lig‘ini saqlashga yordam beradigan yangi qurilma taqdim etildi.

Tajribada ishtirok etgan kompaniyalarning qariyb 70 foizi to‘rt kunlik ish haftasi amaliyotini davom ettirishni rejalashtirmoqda. Biroq ba’zi tashkilotlar, ayniqsa yirik ishlab chiqarish firmalari iqtisodiy bosim bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch keldi, bu esa ushbu modeldan voz kechishga majbur qildi.

Boshqa muvaffaqiyatli tajribalarga misollar

Germaniyadagi tajriba yagona emas. 2018 yilda Yangi Zelandiyaning Perpetual Guardian kompaniyasi ikki oylik sinov o‘tkazgandi. Ular ish haftasini to‘rt kunga qisqartirib, jamoaning ish haqini o‘zgarishsiz saqlab qolgan. Natijalar shunchalik a’lo bo‘lganidan kompaniya rahbariyati to‘rt kunlik ish haftasini doimiy amaliyotga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Tajriba davomida xodimlar ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat o‘rtacha 24 foizga yaxshilanganini qayd etgan. Bo‘sh vaqtning ko‘payishi ularga sport, oilaviy mashg‘ulotlar va dam olish kabi shaxsiy ishlarga e’tibor qaratish imkonini bergan. Natijada, ishga qaytganlarida, ular o‘zlarini dam olgan va tetik his qilgan, bu esa ularning ish unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Rahbarlar xodimlarning ijodkorligi va loyihalardagi ishtiroki oshganini ham qayd etgan. Ish vaqtining qisqartirilishi xodimlarni qolgan soatlardan yanada samaraliroq foydalanishga undagan. Ish intizomi yaxshilangan, xodimlar kamroq ta’til olib, ularning ishga kelib-ketish darajasi oshgan.

Salbiy tomonlari va istiqbollari

Tajriba natijalari to‘rt kunlik ish haftasini qo‘llab-quvvatlasa-da, bunday ish shakli barcha sohalarga mos kelmasligini hisobga olish kerak. Masalan, xodimlarning doimiy ishtirokini talab qiladigan sohalarda ish vaqtining qisqartirilishi ko‘proq xodimlarni ishga olish zaruriyatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa xarajatlarning oshishiga va korxona samaradorligi pasayishiga olib kelishi mumkin.

Shunga qaramay, Germaniya va Yangi Zelandiyadagi muvaffaqiyatli misollar ko‘pchilik kompaniyalar uchun to‘rt kunlik ish haftasi samarali yechim bo‘lishi mumkinligini isbotlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eksperiment: to‘rt kunlik ish haftasi unumdorlikni oshiradi