Foto: RIA Novosti
Rossiyaning Lipetsk oblastidagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan qochgan olti nafar mahbusdan to‘rt nafari o‘zbekistonlik ekanligi aytilmoqda. Bu haqda oblast rahbari Igor Artamonov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Olti mahbus 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan qochib ketdi. Hozirgi paytda barcha tezkor xizmatlar ularni qidirishga safarbar qilingan, idoralararo guruh faoliyat yuritmoqda. Lipetsk oblasti bo‘yicha Jazoni ijro etish federal xizmati boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi, Rosgvardiya va Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda jinoyatchilarni qidirib topish va ushlash uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda”, — deb yozgan u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oblast Jazoni ijro etish federal xizmati boshqarmasi koloniya hududini ko‘zdan kechirish vaqtida yerosti yo‘lini topgan, shundan so‘ng mahkumlar soni tekshirilganda, olti kishi kamligi aniqlangan.
“112” va Mash Telegram kanallari qochoq mahbuslar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi:
- Davron Jabborov —1997 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi. Nomusga tegishda ayblanib, sudlangan;
- Dilshol Arslonov — 1996 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi. 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilgani uchun sudlangan;
- Turg‘un Abdullayev — 1997 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi. Nomusga tegishda ayblanib, sudlangan;
- Xurshidbek Daniyev — 2005 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi. Giyohvand moddalarni tarqatish moddasi bo‘yicha sudlangan;
- Parvozbek Turabayev — 2005 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi. Giyohvand moddalarni tarqatish moddasi bilan sudlangan.
- Baxtiyor Jumayev — 1996 yilda tug‘ilgan, fuqaroligi keltirilmagan. Nomusga tegishda ayblanib, sudlangan.
Jazoni ijro etish federal xizmati saytida mahbuslarning nomlari ko‘rsatilmagan, biroq boshqarma ularning barchasi O‘rta Osiyodan kelganini ma’lum qildi.
Keyinroq Lipetsk gubernatori qochoqlarning ikki nafari Tambov oblastida qo‘lga olinganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yana to‘rt nafar mahkumni qidirish davom etmoqda.
Holat yuzasidan koloniya xodimlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Qamoqxona mansabdorlari e’tiborsizlik tufayli mahbuslarning qochib ketishiga yo‘l qo‘yganlikda ayblanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi