Foto: Getty Images
Shimoliy Koreyadan bir necha ming askar allaqachon Kursk viloyatiga yetib borgan. Bu haqda ikki amerikalik va bir ukrainalik rasmiyga tayanib The New York Times xabar berdi.
Ular Rossiya armiyasining Ukrainaga qarshi hujumida ishtirok etishi kutilmoqda.
Mintaqaga 23 oktyabrdan boshlab har kuni minglab Shimoliy Koreya askarlari yetib kelmoqda. Nashrning ukrainalik manbasi 28 oktyabrgacha KXDR armiyasining elita bo‘linmasidan 5 ming nafargacha harbiy xizmatchi chegara hududiga yetib borishi kerakligini ma’lum qilgan.
Nashr bilan suhbatlashgan ukrainalik mulozimning da’vo qilishicha, ular avvaliga Il-76 transport samolyotlarida Rossiya g‘arbidagi harbiy aerodromga, so‘ngra Kursk viloyatiga yetkaziladi.
Shimoliy Koreya harbiylari janglarda qatnashgani haqida hozircha hech qanday dalil yo‘q.
NYT suhbatdoshlariga ko‘ra, KXDRdan kelayotgan askarlar nima qilishidan qat’i nazar, ularning mavjudligi Rossiyaga Ukraina sharqida ko‘proq kuch saqlash imkonini beradi.
23 oktyabr kuni AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin hukumatda Shimoliy Koreya Rossiyaga harbiy kuchlar yuborgani haqida dalillar borligini aytgan edi. Shuningdek, u harbiylarni yuborishdan maqsad hozircha aniq emasligini qayd etgan.
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiyada KXDRning 3000 ga yaqin askari bor (ular 1500 tadan ikki bo‘linmada yuborilgan), dekabrga kelib ularning soni 10 mingga yetishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi