Malayziyada harbiy vertolyot maktab binosi tomiga quladi


Malayziyaning Tavau shahridagi maktablardan birining tomiga ichida 14 harbiy bo‘lgan Sikorsky S-61 vertolyoti quladi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, havo kemasi bortida bo‘lganlar orasida faqatgina uchuvchi yengil jarohat oldi. Maktabning etti nafar o‘quvchisi va bir erkak esa turli jarohatlar bilan shifoxonaga etkazildi.
Ta’kidlanishicha, Sabax shtatida ichki parvozni amalga oshirayotgan vertolyot uchuvchisi boshqaruvni yo‘qotgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…