Foto: AP
Xitoylik hakerlar Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp hamda uning vitse-prezidenti lavozimiga nomzodi, Ohayo shtati gubernatori Devid Vensning telefon orqali muloqotiga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urindi, deb xabar beradi The New York Times gazetasi.
Joriy hafta Trampning saylovoldi kompaniyasi Oq uy sobiq rahbari hamda Jeyms Vens, shuningdek, hukumatdagi qator amaldorlarga telefon raqamlari orqali hakerlik hujumlari uyushtirilganidan xabardor qilingan.
Kiberhujumga Demokratlar partiyasi vakillari, xususan, Nyu-York shtatidan saylangan senator Chak Shumer hamda partiyaning prezidentlikka nomzodi Kamala Harris atrofidagi insonlar ham uchragan.
Federal qidiruv byurosi siyosatchilarga telekommunikatsion infratuzilma orqali noqonuniy kiberhujum uyushtirilgani va bu Xitoy bilan bog‘liqligini tasdiqlagan. Dpa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mobil aloqa xizmatini taqdim etuvchi qator Amerika kompaniyalari hakerlar hujumiga uchragani bir necha hafta oldin ma’lum bo‘lgan.
NYT'ning yozishicha, hakerlik hujumi keng ko‘lamli razvedka operatsiyaning bir qismi bo‘lishi mumkin. Endi tergov jinoyatchilar qanday ma’lumotlarni qo‘lga kiritganini aniqlashga urinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi