Foto: ariananews.af
«Tolibon» fazilatlarni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vaziri Holid Xanafi ayollarga omma oldida nafaqat erkaklar bilan, balki ayollar bilan ham gaplashishni taqiqladi, deb xabar beradi Bild.
Bundan tashqari, vazirning bayonotiga ko‘ra, ayollar o‘z ovozini boshqa ayollar eshitishga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Shu boisdan Afg‘onistondagi ayollar Qur’onni ayollar bor joyda ovoz chiqarib o‘qishdan ham tiyilishi lozim.
Avvalroq «Tolibon» Afg‘onistondagi ayollarga erkaklarga qarash va jamoat joylarida baland ovozda gaplashishni taqiqlagani ma’lum bo‘lgandi. Yangi tartib-qoidalar qayd etilgan 114 varaqli hujjat bilan afg‘on fuqarolarining kundalik hayotini tartibga solish bo‘yicha qat’iy choralar belgilangan.
Shundan so‘ng, BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda chiqish qilgan tashkilot bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo ushbu mamlakatdagi ayollarning ahvolini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmasligini ta’kidladi.
Germaniya, Avstraliya, Kanada va Niderlandiya Afg‘onistondagi hukmron «Tolibon» harakati ustidan ayollar huquqlari buzilgani tufayli Xalqaro sudga da’vo berishini ma’lum qildi. Agar qisqa vaqt oralig‘ida vaziyat o‘zgarmasa, davlatlar sudga murojaat qilishni bildirdi.
Bir necha kun oldin esa Afg‘onistondagi «Tolibon» harakatining Axloq vazirligi OAVga tirik mavjudotlar tasvirini e’lon qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini ishga tushirishga va’da berdi. Yangi qonun ommaviy axborot vositalari uchun bir qancha qoidalarni batafsil bayon qiladi, jumladan, barcha tirik mavjudotlar tasvirini chop etish, shuningdek, OAVga islomni masxara qilish, kamsitish yoki islom qonunlariga qarshi borish taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi