Foto: Anadolu Agency
Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili maxsus matbuot anjumanida parlament saylovlarining rasmiy natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi.
Zurabishvili ushbu saylovlarni tan olish «Rossiyaning kelishi va Gurjistonning bo‘ysunuvini» bildirishini aytdi. «Men mamlakatga buning uchun kelmaganman. Ajdodlarimiz buning uchun yashamagan va biz buni qabul qilmaymiz. Hech kim Gurjistondan Yevropa kelajagini tortib ololmaydi», — deydi u.
Zurabishvili muxolifat tarafdorlarini 28 oktyabr, dushanba kuni kechqurun mitingga chiqishga chaqirdi.
Prezident o‘z bayonotini asosiy muxolif partiyalar bilan o‘tkazgan maslahatlashuvidan keyin e’lon qildi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, raqiblari rossiyaparast deb ataydigan hukmron «Gurjiston orzusi» 53,9 foiz ovoz to‘plagan. Parlamentga, shuningdek, G‘arb bilan yaqinlashuv tarafdori bo‘lgan to‘rtta muxolif partiya ham o‘tgan. Ularning barchasi ovoz berish natijalarini tan olmasliklarini bildirgan.
«Birlik milliy harakati» va «O‘zgarishlar uchun koalitsiya» saylov uchastkalari yopilganidan bir necha soat o‘tib saylovlar «o‘g‘irlangani»ni ma’lum qilib, hukmron partiyani «konstitutsion to‘ntarish»da aybladi va 27 oktyabrdan muntazam norozilik aksiyalari boshlashini e’lon qildi. «O‘zgarishlar uchun koalitsiya» keng ko‘lamli soxtalashtirish sxemasini fosh qilganini aytmoqda; tafsilotlar keyinroq ochiqlanishi va’da qilingan. Keyinroq «Kuchli Gurjiston» ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi. Uchala harakat ham qo‘lga kiritilgan deputatlik mandatlaridan voz kechishini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi