09:30 / 28.10.2024
38

U.S. News portali Rossiya armiyasini dunyodagi eng qudratli deb topdi

U.S. News portali Rossiya armiyasini dunyodagi eng qudratli deb topdi
Foto: Reuters
Rossiya armiyasi Amerikaning U.S. News portali tuzgan reytingga asosan dunyoda eng qudratlisi deb topildi.

Ikkinchi o‘rinni AQSH armiyasi, uchinchi o‘rinni esa Isroil egalladi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda mos ravishda Xitoy va Janubiy Koreya joylashgan. Keyingi pog‘onalarni Eron, Britaniya, Ukraina, Germaniya va Turkiya qo‘shinlari egallagan.

US News reytingiga ko‘ra eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatining bir qismi armiyalarni baholashdir. Ushbu ro‘yxatda Rossiya Misr va Polsha oralig‘ida 36-o‘rinni egallagan. Birinchi uchlikka Shveysariya, Yaponiya va AQSH kirgan.

Jahonning eng kuchli armiyalari reytingiga Markaziy Osiyo davlatlari ham kirdi. O‘zbekiston mintaqadagi yetakchi harbiy kuchlardan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab, 19-o‘rinni egalladi. Eng yaxshi mamlakatlar reytingida esa 74-o‘rin. Qozog‘iston harbiy qudrati va jangovar qobiliyatining yuqori darajasini namoyish etib, 22-o‘rinni egallab turibdi, eng yaxshi mamlakatlar reytingida 83-o‘rinda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » U.S. News portali Rossiya armiyasini dunyodagi eng qudratli deb topdi