17:33 / 28.10.2024
20

Moskvada migrantlar uchun elektron pasportlar joriy etiladi

Moskvada migrantlar uchun elektron pasportlar joriy etiladi
Foto: “Moskva” agentligi
Moskvada 2025 yildan migrantlarga elektron pasport berish bo‘yicha tajriba boshlanadi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin “TASS”ga ma’lum qildi.

"Kelgusi yildan boshlab, federal qonun asosida, tajriba tariqasida muhojirlar uchun elektron pasport joriy etiladi. Chet el fuqarosining elektron guvohnomasiga barcha ma’lumotlar kiritiladi. Shunga muvofiq, politsiya reydlar o‘tkazayotganda ushbu ma’lumotlarni tekshirish imkonini beruvchi tegishli o‘quv qurilmasidan foydalanadi", dedi Moskva meri.

Elektron hujjat Rossiyaga kirish sanasi, ro‘yxatdan o‘tish, ish joyi, shuningdek, biometrik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Moskva aeroportlarida Rossiyaga kirish uchun chet el fuqarosiga viza talab qilinishi yoki qilinmasligidan qat’i nazar, barcha xorijliklar uchun biometrik nazorat joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Xususan, Rossiyaga kelayotgan xorijliklarning surati olinadi va barmoq izlari qayd etiladi. Sergey Sobyaninning ta’kidlashicha, biometrik ma’lumotlar bazasi jinoyatlarni fosh etishda yangi bosqichga chiqishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil iyul oyida Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin migrantlar jinoyatiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish uchun chet el fuqarolarining Rossiyaga kirishi ustidan nazoratni kengaytirishni taklif qilgandi. Qo‘shimcha chora-tadbirlar qatorida biometrik, daktiloskopiya, genom bo‘yicha ro‘yxatga olish, ish va yashash joyini raqamli hisobga olish sanab o‘tilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada migrantlar uchun elektron pasportlar joriy etiladi