Foto: Reuters
Agar Vashington AQSHdagi prezidentlik saylovlaridan keyin Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, Ukraina uchun bu juda qiyin bo‘ladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Times of India nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Ko‘p narsa AQSH siyosatiga bog‘liq. Menimcha, hamma narsa AQSHdagi saylovlarga bog‘liq desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Ko‘p narsa, lekin hammasi emas. Ukrainadagi urushning boshlanishida xalqimiz AQSH va boshqa ittifoqdoshlarning yordamisiz ham munosib tura oldi” dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning yangi prezidenti kim bo‘lishini hozirdan aniq aytish qiyin.
Zelenskiy, agar AQSH siyosati o‘zgarsa va Vashington Ukrainani qo‘llab-quvvatlamasa, Ukraina uchun juda qiyin bo‘lishini tan oldi.
“Agar siyosat butunlay o‘zgarsa, biz qanday chora topish haqida o‘ylashimiz kerak bo‘ladi”, dedi u.
AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi