Siyosiy faollar, jangari isyonchilar va milliy qahramonlar — o‘z vatanida Britaniyadagi Keyt Middlton kabi nufuzli bo‘lgan Afrika qirolichalari va malikalari haqida ma’lumot beramiz.
Afrika qit’asida bugungi kunda monarxlar hukmronlik qilayotgan uchta davlat bor — bular Lesoto, Marokash va Esvatini. Agar dastlabki ikki davlatning qirollari zamon bilan hamnafas bo‘lib, ko‘p xotinlilikdan voz kechgan bo‘lsa, Esvatini hukmdori Msvati III ota-bobolarining an’analariga sodiq qolgan: u 15 marta uylangan, aftidan shu bilan cheklanib qolmoqchi emas (otasining 70 nafar ayoldan iborat harami bor edi, ular unga 200 dan ortiq merosxo‘r tug‘ib berishgan).
Esvatini qonunlariga ko‘ra, qirolning birinchi ikki xotini Milliy kengash a’zolari tomonidan tanlanishi kerak. Ulardan biri nufuzli matsebulga, ikkinchisi esa motslar urug‘iga tegishli bo‘lishi lozim. Uchinchi va undan keyingi barcha xotinlarni hukmdor o‘zi tanlashi mumkin.
Msvati III
Darvoqe, bu Msvati III ning barcha nikohlari mustahkam va baxtli bo‘lgan, degani emas — uch nafar xotini eri tomonidan hissiy va jismoniy zo‘ravonlikdan charchab, Esvatini qirolidan qochib ketadi. Msvati III ularni xalqaro qidiruvga beradi, lekin saroyga qaytarib kelolmaydi.
Monarxning to‘qqizinchi xotini Lamagongo bilan bog‘liq voqea yanada fojialiroq. U uzoq vaqt davomida qirolning sevimli xotini bo‘lgan, biroq keyinchalik qirol undan sovib, uning oldiga bormay qo‘ygan, bu, shubhasiz, ayolning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Uch yil o‘tgach, Lamagongo eridan singlisining dafn marosimiga borishga ruxsat so‘ragan, ammo qirol qat’iy rad etgan. Bu shundoq ham charchagan ayolning ruhiy salomatligi uchun so‘nggi tomchi bo‘ladi — u o‘zini o‘ldiradi.
Msvati III ning 3 xotini
Xullas, Msvati III ning rafiqalari shunday huquqsiz ahvoldaki, ularni nufuzli afrikalik ayol sifatida ko‘rib bo‘lmaydi.
Afsuski, bir necha yil oldin Marokash qiroli bir vaqtlar abadiy sevishga qasam ichgan eng zamonaviy, o‘qimishli va muvaffaqiyatli malika Lalla Salma (Salma Bennani) o‘zining yuqori maqomini yo‘qotadi. U Bennani qabilasining merosxo‘ri bo‘lib, onasi vafot etgani uchun qizni asosan buvisi tarbiyalagan. Lalla o‘ziga katta umidlar qo‘yilganini tushunardi, shuning uchun u yaqinlarining hafsalasini pir qilmaslikka harakat qiladi: u nufuzli litseyni tugatib, matematika fanlari bo‘yicha bakalavr darajasini oladi, shundan so‘ng u ONA Group (Marokashning eng yirik xususiy xoldinglaridan biri) kompaniyasiga xizmat ko‘rsatish muhandisi lavozimiga ishga qabul qilinadi.
1999 yilda qirol Muhammad VI bilan tanishganida Salma juda yosh bo‘lsa-da, har qanday mavzuda suhbatlasha oladigan muvaffaqiyatli ishbilarmon ayol edi. Bu esa Yevropaning nufuzli universitetlari bitiruvchisi, besh tilni mukammal egallagan Marokash monarxini maftun qiladi. 2002 yil 21 martda Muhammad va Salmaning to‘yi bo‘lib o‘tadi.
Bir muddatdan so‘ng, qirol musulmon dunyosi uchun inqilobiy bo‘lgan qarori bilan fuqarolarini hayratda qoldirdi: Salma uning yagona sevgilisi ekani, shu bois u hech qachon o‘tmishdoshlari singari ko‘p xotinli bo‘lmasligini e’lon qiladi. O‘z qarorining qat’iyligini isbotlash uchun u hatto rafiqasiga “Qirolicha hazrati oliyalari” unvonini in’om etadi. Bu unvon ilgari Marokash hukmdorlarining rafiqalariga hech qachon berilmagandi.
Lalla Salma eng faol afrikalik malikalardan biri sifatida shuhrat qozonadi: merosxo‘rlarni tarbiyalashdan tashqari, u Marokashda onkologiya profilaktikasi masalalari bilan jiddiy shug‘ullangan; Afrika mamlakatlarida OIV/OITS tarqalishining oldini olish bo‘yicha turli tashabbuslarda ishtirok etgan va ko‘pincha jahon miqyosidagi tadbirlarda qirollik nomidan so‘zga chiqqan. Biroq 2010 yillarning o‘rtalarida u to‘satdan jamoatchilik e’tiboridan yo‘qoladi.
Shu asnoda mish-mishlar tarqaladi. Kimdir Marokash qirolidan shubha qilgan, kimdir Lalla muvaffaqiyatsiz plastik jarrohlik yoki hatto o‘lim bilan bog‘liq kasallik tufayli yo‘qolgan deb hisoblagan. Hatto mamlakat hukmdori bilan munosabatlarida jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelganidan keyin malika saroy asirasi bo‘lishi mumkin deb hisoblaganlar ham bor edi.
Ammo malika Lalla Salma Marokash qiroli bilan ajrashib, uning rafiqasi sifatidagi siyosiy va gumanitar missiyasini to‘xtatadi. Ajralishga nima sabab bo‘lganini hech kim aniq bilmaydi.
Shunday qilib, 48 yoshli Lesoto qirolichasini monarxiyaning Afrikadagi eng nufuzli vakili deb atash mumkin. Anna Karabo Motshoeneng (Masenata Moxato Siiso bilan turmush qurgan) Afrika kommunasida tug‘ilgan va kambag‘al, ko‘p bolali oilada o‘sgan. Bolaligidanoq u munosib ta’lim olish va o‘z hayotini xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilishga bag‘ishlashni orzu qilgan shuhratparast qiz edi.
1990 yilda Anna Lesoto poytaxtida joylashgan Machabeng xalqaro kollejiga o‘qishga kiradi. U yerda nafaqat eng yaxshi talaba, balki faol ko‘ngilli ham bo‘ladi (o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida u ko‘zi ojizlar uchun ijtimoiy markazga va nogironlar maktabiga yordam beradi). Tez orada faol va mehribon qizga valiahd shahzoda Devid Moxato Bereng Seizo e’tibor qaratadi.
Ular universitetdagi ma’ruzalardan birida tanishgan. Devidni sevgilisining oddiy oiladan ekanligi tashvishlantirmagan — 1999 yilda qirol bo‘lgach, rasmiy ravishda unga turmush qurishni taklif qiladi. Ularning to‘yida 40 mingga yaqin mehmon ishtirok etdi, ular orasida Nelson Mandela va shahzoda Charlz kabi yuqori martabali shaxslar bor edi.
Ayni paytda Masenata Moxato Siiso uch nafar taxt vorisini voyaga yetkazmoqda, o‘z mamlakati fuqarolari hayotini yaxshilashga qaratilgan xayriya loyihalari bilan faol shug‘ullanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi