Xamzat Chimayev: "O‘g‘limning bitta buyragi olib tashlangan"

Xamzat Chimayev: "O‘g‘limning bitta buyragi olib tashlangan"
Chechenistonlik jangchi Xamzat Chimayev bir yoshli o‘g‘lining sog‘ligi bilan bog‘liq muammolari borligini aytib o‘tdi.

"Kasallangani bois o‘g‘limning bitta buyragi olib tashlangan. Hozir ham davolash ishlari davom etmoqda. O‘tgan yili birinchi operatsiyasini o‘tkazdi. Bu yil ham yana bir bor jarrohlik stoliga yotishi kerak. O‘ylaymanki, shundan so‘ng u butunlay tuzalib ketadi", - dedi UFC jangchisi.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan "UFC 308" turnirida Chimayev 1-raundadyoq Robert Uittakerni bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lubiyatga uchratdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar