16:15 / 29.10.2024
36

Chechenistonda Putin nomidagi maxsus kuchlar universitetiga dron hujum qildi

Chechenistonda Putin nomidagi maxsus kuchlar universitetiga dron hujum qildi
Foto: Telegram
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 29 oktyabr kuni respublikadagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti dron hujumiga uchraganini ma’lum qildi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi. Bu Checheniston hukumati vakillari tomonidan e’lon qilingan ilk dron hujumi hisoblanadi.

"Bugun ertalab soat 6:30 da Gudermesda uchuvchisiz qurilma hujumi natijasida Rossiya maxsus kuchlari universiteti hududidagi bo‘sh binoning tomi yonib ketdi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in o‘chirilgan", dedi Qodirov.

Rossiya maxsus kuchlari universiteti jangovar zonalarga yuborish uchun harbiylarni ham tayyorlaydi. Ommaviy axborot vositalari uni Rossiyadagi eng yirik yollash markazlaridan biri sifatida tilga oladi.

Hozirda tergov organlari hujum yuzasidan tekshiruv olib bormoqda, jinoyatga aloqador shaxslarni aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. Universitet faoliyati to‘xtatilmagan, barcha xizmatlar odatdagi tartibda ishini davom ettirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chechenistonda Putin nomidagi maxsus kuchlar universitetiga dron hujum qildi