21:58 / 29.10.2024
43

Qodirov harbiy universitetga hujum uchun Ukrainаdan qasos olishga va’da berdi

Qodirov harbiy universitetga hujum uchun Ukrainаdan qasos olishga va’da berdi
Foto: “RIA Novosti”
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Gudermesdagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti (RMKU) binosiga dron bilan hujum uyushtirgani uchun Ukrainadan o‘ch olishga va’da berdi.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon frontda jang qilayotgan barcha chechen qo‘mondonlariga Ukraina armiyasi qo‘shinlarini asirga olmaslik va kurashni “100 foiz” kuchaytirish haqida buyruq bergan.

Ular bizni tishlashdi, biz ularni yo‘q qilamiz. Tez orada ularning tushiga ham kirmagan qasosni ko‘rsatamiz”, deydi Qodirov.
Checheniston rahbari mazkur universitetni kadrlar manbai deb atagan va hujumdan maqsad kursantlarni qo‘rqitish bo‘lganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbani o‘tkazib yuborganlar jazolanadi.

29 oktyabr kuni ertalab soat 6:30 da Gudermesda uchuvchisiz qurilma hujumi natijasida Rossiya maxsus kuchlari universiteti hududidagi bo‘sh binoning tomi yonib ketgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, RMKUga Odessa viloyatidan uchirilgan PD-2 modifikatsiyasidagi Ukraina droni hujum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qodirov harbiy universitetga hujum uchun Ukrainаdan qasos olishga va’da berdi