10:31 / 30.10.2024
53

Pentagon sobiq maslahatchisi: Ukraina 2025 yil Rossiyaga qarshi urushda yengilishi mumkin

Pentagon sobiq maslahatchisi: Ukraina 2025 yil Rossiyaga qarshi urushda yengilishi mumkin
Foto: Getty Images
Ukraina hozirgi strategik trayektoriyasida qolsa, Rossiyaga qarshi urushda 2025 yildayoq yutqazishi mumkin. Bu haqda AQSH mudofaa vaziri o‘rinbosarining sobiq maslahatchisi Dug Livermor ma’lum qildi.

Livermorning ta’kidlashicha, Rossiyaning bir nechta hududlarda faol hujumlari Ukrainaning mudofaa qobiliyatini zaiflashtirgan. Prezident Vladimir Zelenskiyning g‘alaba rejasi esa G‘arbning zaif qo‘llab-quvvatlovi tufayli hali o‘zining asosiy maqsadiga erishmagan.

Pentagon sobiq maslahatchisining fikricha, Ukraina hamkorlari mamlakatni eng zamonaviy qurollar bilan cheklovsiz ta’minlash kerak. U bu borada Rossiya ittifoqchilari, jumladan KXDR, ancha qat’iyatli harakat qilayotganini aytdi. Livermor Ukraina hukumatini mag‘lubiyatga yo‘l qo‘ymaslik uchun urushga bo‘lgan yondashuvini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. U Rossiyani mag‘lub etishga yordam beradigan beshta punktni sanab o‘tdi:
  • Harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 21 yoki 22 yoshgacha pasaytirish, shuningdek, xorijdagi ukrainalik qochqinlarga chaqiruvni yetkazish uchun Yevropa immigratsiya va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik o‘rnatish;
  • G‘arb qurollaridan foydalanish cheklovlarini bekor qilish, Rossiya hududidagi harbiy obyektlarga zarba berish;
  • ukrainalik harbiylar tayyorgarligini kengaytirish va G‘arb hamkorlari tomonidan real vaqt rejimida razvedka ma’lumotlarini taqdim etish;
  • Rossiyaga nisbatan sanksiyalar va iqtisodiy bosimni kuchaytirish;
  • NATOning sharqiy qismini mustahkamlash.

Ukrainadagi urush allaqachon tanqidiy bosqichga o‘tgan bo‘lishi mumkin, bu Pentagon sobiq maslahatchisida tashvish uyg‘otmoqda. U Rossiyaning xorijiy qo‘shinlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi hamda G‘arbning ikkilanishi Kreml foydasiga ishlayotganini bildirdi.

Livermor Ukraina hamkorlarini Kiyevga jang maydonida tashabbusni qaytarish imkonini beradigan zarur choralarni ko‘rishga undadi. U faqat shu yo‘l bilangina barqaror tinchlikka erishish mumkinligini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon sobiq maslahatchisi: Ukraina 2025 yil Rossiyaga qarshi urushda yengilishi mumkin