Foto: Poltavshina
Urushga yo‘l qo‘ymaslik uchun Ukraina oldida mutlaqo zid ikki yo‘l bor edi. Birinchidan, mudofaa qobiliyatini shu darajada mustahkamlash kerak ediki, Rossiya hujum qilishdan tiyilar edi, ikkinchisi — qarshiliksiz taslim bo‘lish. Ukrainaning ikkinchi prezidenti (1994–2005) Leonid Kuchma «Interfaks-Ukraina»ga bergan intervyusida shunday dedi.
«Afsuski, uzoq yillar davomida rahbarlarimiz birinchi ishga beparvo bo‘lishdi. Baxtimizga, 2022 yilda ular ikkinchisini ham qilishmadi», — dedi Leonid Kuchma.
Kuchma ta’kidlashicha, nafaqat Ukraina, balki G‘arb davlatlari rahbarlarining xatti-harakatlari ham urushning oldini olgan bo‘lardi.
«Agarda Rossiya tajovuzga hozirlik ko‘rayotganining ilk alomatlaridayoq ular (G‘arb rahbarlari) Kremlni tinchlantirishga urinish o‘rniga aniq jazo choralarini (qarshi sanksiyalardan tashqari) belgilab berishganida Putin to‘xtashi mumkin edi», — dedi Leonid Kuchma.
Ukraina sobiq prezidentining fikricha, urush — Putin uchun yagona ssenariy emas edi, u «Ukrainaga o‘z hukmini o‘tkazish uchun nisbatan yengilroq usullar»ni tanlagan bo‘lardi. Ukraina rahbariyati rossiyaparast siyosatchi Viktor Medvedchuk tuzilmalariga 2021 yil fevralida bergan zarba hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi, shundan so‘ng Putin Ukrainani qurolsiz egallay olmasligini tushundi, deb hisobaydi Kuchma. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi