Foto: AP
Yangi uzilgan mahsulotlar do‘kon peshtaxtalariga yetib borishdan avval yig‘ish va saqlash bosqichlaridan iborat uzoq jarayonni bosib o‘tadi. Jorjiya universiteti olimlari ushbu jarayonni takomillashtirish uchun haroratni o‘lchashning yangi texnologiyalaridan foydalanishni taklif qilmoqda. Phys.org xabar berishicha, bu ayniqsa o‘zgaruvchan iqlim sharoitida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Meva va sabzavotlarni barra holatda saqlash uchun me’yordagi harorat, namlik va yorug‘lik kabi optimal saqlash sharoitlarini ta’minlash lozim. Haroratning keskin o‘zgarishi mahsulotlarning muddatidan oldin buzilishiga asosiy sabab bo‘ladi, shuning uchun ularni nazorat qilish muhim. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, issiqlik darajasini ko‘rsatuvchi texnologiya (thermal image) meva va sabzavotlarni yig‘ib olishdan oldin ham keyin ham haroratni kuzatishda yordam berishi mumkin.
Yig‘ib olingan zahoti hosilda chirishga moyillik boshlanadi, shu sababli yangi mahsulotlarni saqlash muddatini uzaytirish uchun ularni tezda sovitish kerak. Bunga rioya qilmaslik mahsulotning yaroqlilik muddatini, deylik, ikki haftadan 3-4 kungacha qisqartirib yuboradi. Xususan, aksariyat turdagi bargli ko‘katlar yig‘ib olingach, ularni zudlik bilan sovutish lozim.
Ishni to‘g‘ri bajarish uchun haroratni tez o‘lchash talab etiladi. Buning uchun fermerlar va hosil yig‘uvchilar oddiy termometrlardan foydalanadi, ammo bu atigi 1-2 ta mahsulotning haroratini baholashga yordam beradi. Bunday usul nafaqat ko‘p vaqt talab qiladi, balki mahsulot sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Haroratni o‘lchash paytida hosil bo‘lgan teshiklar mahsulotlarga zarar yetkazishi mumkin.
Meva va sabzavotlarning infraqizil nurlarini yig‘ish orqali issiqlik darajasini aniqlaydigan texnologiya kamerasi haroratni kontaktsiz o‘lchay oladi. Oziq-ovqat sanoati uchun bunday kameralarning xilma-xil turi ishlab chiqilgan, ularni professional qurilmalardan tortib smartfonlargacha o‘rnatish mumkin. Modelidan qat’i nazar, ularning barchasi bitta asosiy vazifani bajaradi: haroratning keskin o‘zgarishlarini aniqlash.
Ekstremal harorat, quyosh nurining kuchayishi va qurg‘oqchilik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dalaning o‘zida shikastlashi mumkin. Bu holatda issiqlik darajasini ko‘rsatuvchi texnologiyani avtomatlashtirib, undan hosilni yig‘ishdan oldin ham, keyin ham foydalanish lozim. Shunda yaroqlilik muddati qisqaroq bo‘lgan mahsulotlarning supermarket peshtaxtasiga chiqishi va iste’molchiga yetib borishi ehtimoli kamayadi. Natijada, kamroq tovarlar chiqitga chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi