Foto: AP Photo
Qo‘shma Shtatlar Rossiyada joylashgan Shimoliy Koreya qo‘shinlarini doimiy joylashuv hududlariga qaytarishda Xitoydan ikki davlatga bosim o‘tkazishni so‘radi.
“Vashington Xitoy hukumatidan aloqalarni davom ettirayotgan Shimoliy Koreya rahbariyatiga bosim o‘tkazishni so‘radi”, deb xabar berdi CNN nomi oshkor etilmagan amerikalik rasmiylarga tayanib.
Rasmiylarning biriga ko‘ra, AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ham Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga yuborilishi yuzasidan boshqa bir qator davlatlarni Pekin bilan bog‘lanishga ko‘ndirish haqida ko‘rsatma bergan. Biroq CNN suhbatdoshlari G‘arb rasmiylari bu masala bo‘yicha Xitoy Shimoliy Koreyaning rejalariga xalaqit berishiga ishonmasligini aytgan.
Avvalroq Pentagon bir necha ming shimoliy koreyalik askarlar Kursk viloyati tomon harakatlangani va ularning bir qismi allaqachon bu hududda bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
“Biz Rossiya bu askarlardan jangovar harakatlarda yoki Kurskdagi Ukraina kuchlariga qarshi jangovar operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalanish niyatida ekanligidan xavotirdamiz”, deydi AQSH Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder.
Pentagon joylashtirilgan kuchlar sonini 10 ming nafar ekanini taxmin qilgan.
Shuningdek, NATO bosh kotibi Mark Ryutte Shimoliy Koreya qo‘shinlari Rossiyaga, shuningdek, ularning alohida bo‘linmalari Kursk viloyatiga o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. Shimoliy Atlantika alyansi vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib borishi hamda alyans doirasida Ukraina va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlar bilan bu masalada faol maslahatlashayotganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi