Foto: Anadolu Agency
Turkiya Oliy Sudi Horun Yahyo taxallusi bilan tanilgan Adnan Oktarning tashkiloti tomonidan jinoyat sodir etishda foydalanilgan va bu jinoyatlardan kelib chiqqan deb hisoblangan ko‘char va ko‘chmas mulklarni musodara qilinishini ma’qulladi. Bu haqda Milliyet xabar berdi.
Musodara qilinadigan mulklar orasida qurol, miltiq, o‘q-dorilar, patronlar va ularning magazini bor bo‘lib, ularning bir qismi jinoyatda, bir qismi esa tashkilotchilik faoliyati doirasida ishlatilgan. Shuningdek, 1 milliondan ortiq turk lirasi, 52 ming dollar, 30 ming yevro va boshqa pul mablag‘lari ham musodara qilindi.
Hukm doirasida 61 ta avtomobil ham davlat hisobiga o‘tkazildi. Shuningdek, 16 nafar sudlanuvchining Istanbuldagi ko‘chmas mulklari ham musodara qilinadigan bo‘ldi.
Adnan Oktar 2018 yilda hibsga olindi. U va uning qurolli jinoiy tashkilotining 72 nafar a’zosiga nisbatan hukm 2022 yil noyabr oyida Istanbul Oliy jinoyat sudi tomonidan chiqarilgan edi.
Sud tashkilot yetakchisi hisoblangan, sudlanuvchi Adnan Oktarni (Horun Yahyo taxallusi bilan faoliyat yuritgan) jinoiy tashkilotni boshqarish, jinsiy zo‘ravonlik, ta’lim olish huquqiga to‘sqinlik qilish, qiynoqqa solish, ozodlikdan noqonuniy mahrum etish kabi jinoyatlar uchun 891 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud Oktarni boshqa ayblanuvchilarning jinoyatlari uchun ham javobgar deb topdi, chunki u rahbarlik lavozimida ishlagan va unga boshqa ayblanuvchilarning hukmlari bilan birga jami 8658 yil qamoq jazosi berildi.
Bu ishda sud 106 nafar ayblanuvchini «terror tashkilotiga a’zolik» moddasi bilan 4 yil 6 oy, 8 nafar ayblanuvchini esa «terror tashkilotiga a’zo bo‘lmagan holda yordam berish» aybi bilan 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Sud shuningdek, sudlanuvchi Mert Shukani «tashkilotga a’zolik», «jinsiy tajovuz», «qotillikka urinish» jinoyatlari uchun 152 yilga ozodlikdan mahrum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi