53
Vengriya hukumati Ukrainaga noqonuniy qurol yetkazib berishning oldini olganini ma’lum qildi
Foto: RBC
Vengriya bosh vaziri devoni rahbari Gergey Guyash mamlakat harbiy sanoatidan Ukrainaga qurol yetkazib berishda foydalanishga urinishlar haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya razvedkasi yetkazib berishning oldini olgan.
Hukumat brifingida jurnalistlar Guyashdan xorijiy razvedka xizmatlari Ukraina va Afrikadagi jangovar zonalarga Vengriyada ishlab chiqarilgan harbiy texnika yetkazib berishga urinayotgani haqidagi ma’lumotlarga izoh berishni so‘rashdi.
Ma’muriyat rahbari ma’lumotlarni tasdiqlab, Vengriya razvedkasi tomonidan bu urinishlarning oldi olinganini aytdi.
“Faqat shuni aytishim mumkinki, Vengriya hukumatining pozitsiyasi o‘zgarmadi. Biz Ukrainaga qurol va harbiy texnika yetkazib bermaymiz”, dedi Gergey Guyash brifingda.
Avvalroq Vengriya razvedka xizmatlari mamlakatda ishlab chiqarilgan qurollarni Ukrainaga yetkazib berilishining oldini olishga urinishayotgani xabar qilingandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vengriyadagi ko‘plab qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyalar xorijiy davlatlarga tegishli bo‘lgani sabab bu ishni amalga oshirish qiyinlashmoqda. Ayrim korxonalar reeksport litsenziyasini chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan